Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Andijon davlat universiteti nufuzli xorijiy OTMlar bilan qo‘shma dasturlarga taklif etadi!

31.07.2020 10:59
Andijon davlat universiteti nufuzli xorijiy OTMlar bilan qo‘shma dasturlarga taklif etadi!

Andijon davlat universiteti xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga taklif etadi.

Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura:

Texnologik ta’lim yo‘nalishi. Kvota 25 ta.
Turizm ta’lim yo‘nalishi. Kvota 20 ta.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi. Kvota 25 ta.

Talabalar (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Polotsk davlat universitetida o‘qiydi.

Rossiya Federatsiyasining Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura:

Biologiya (turlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi. Kvota 30 ta.
Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi. Kvota 30 ta.
Arxivshunoslik ta’lim yo‘nalishi. Kvota 25 ta.

Talabalar (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Tomsk davlat universitetida o‘qiydi.

Rossiya Federatsiyasining N.P.Ogaryov nomidagi Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda:

Bakalavriatura: Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili ta’lim yo‘nalishi. Kvota 25 ta;

O‘qish (2+2) 2 yil AndDU da, 2 yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida.

Magistratura: Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha. Kvota 4 ta.

Magistrantlar (1+1) 1 yil AndDU da, 1 yil Mordoviya davlat milliy tadqiqot universitetida.

Bitiruvchilarga O‘zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;

Ta’lim shakli: kunduzgi (to‘lov shartnoma asosida);
O‘qitish tili: rus tili
Kirish imtihonlari:
Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasasi vakillari tomonidan o‘tkaziladigan imtihon (rus tilida) dan iborat.

Abituriyentdan talab etiluvchi hujjatlar:
- o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limi diplomi/shaxodatnomasi (sertifikat);
- pasport nusxasi (asli o‘qishga kirgandan so‘ng ko‘rsatiladi)
Hujjatlar Telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali +998902172076 raqamiga SKANER qilingan holatda yuboriladi

Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2020 yil 20 iyuldan 20 avgustgacha.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
(74) 223 83 79,
(90) 217 20 76,

E-mail:
wolffar7@mail.ru