Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlar to‘lovni amalga oshirilganini qanday bilish mumkin?

5.07.2020 21:15
Abituriyentlar to‘lovni amalga oshirilganini qanday bilish mumkin?

Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganlaridan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi.

Qayd varaqasining quyi qismida bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys hosil bo‘ladi.

Invoysning quyi qismida onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish uchun havolalar joylashgan bo‘lib, ular orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Umuman olganda to‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

To‘lovni amalga oshirgan abituriyentlar to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”laridan “Qabul-2020” bo‘limiga kirib bilib olishlari mumkin.

Bunda, ularning qayd varaqasining quyi qismidagi invoys o‘rnida “To‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

Izoh: To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

Davlat test markazi matbuot xizmati