OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Toshkent davlat yuridik universiteti
Rektor:
Kanyazov Esemurat Sultanmuratovich
Telefon:
0 (371) 233-66-36
E-mail manzili:
Rasmiy sayti:
Manzil:
Toshkent sh. Sayilgoh ko'chasi, 35 uy
To'liq nomi:
Toshkent davlat yuridik universiteti
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi
Oliygoh haqida

Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik kadrlarni tayyorlash bo'yicha O'zbekistonda tayanch oliy o'quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet 2013 yil 28 iyundagi PQ 1990-sonli "Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 - "Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)" ta'lim yo'nalishi doirasida quyidagi mutaxassiliklar bo'yicha tayyorlanadi(o'quv muddati - 4 yil):
1. Davlat huquqiy faoliyati;
2. Fuqarolik huquqiy faoliyati;
3. Jinoyat huquqiy faoliyati;
4. Xalqaro huquqiy faoliyat;
5. Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).

Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlanadi (o'quv muddati - 2 yil):
1. Davlat boshqaruvi huquqi;
2. Soliq va bojxona huquqi;
3. Biznes huquqi;
4. Xalqaro tijorat huquqi;
5. Shartnoma huquqi;
6. Korporativ huquq;
7. Tabiy resurslar huquqi;
8. Mexnat huquqi;
9. Jinoyat qonunchililigini qo'llash nazariyasi va amaliyoti;
10. Sud ekspertizasi va kriminalistika.

Hozirgi kunda unversitetda yuridik kadrlarni tayyorlash quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

1. Davlat-huquqiy faoliyat
Mazkur yo'nalish ta'lim dasturining maqsadi talabalarda huquqiy fanlarga oid sohalarda bilimni shakllantirish hamda davlat boshqaruvida huquqni qo'llash sohasida bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Mazkur yo'nalishda talabalar davlat hokimiyatini tashkil etish va tizimiga oid masalalarni, ijro hokimiyati organlarining faoliyat printsiplarini, shuningdek, ma'muriy-huquqiy munosabatlarni va boshqa masalalarni o'rganadilar.

Mazkur yo'nalish doirasida talabalar davlat-huquqiy munosabatalar sohasida tizimli tahlil o'tkazish bo'yicha ko'nikmalarini shakllantirishni, mazkur sohada boshqaruv qarorlarini qabul qilish masalalarini nazarda tutadi.

Ushbu yo'nalish davlat hokimiyati organlariga tegishli ijro apparatining turli xil bo'g'inlarida va boshqaruvida (vazirliklar, davlat qo'mitalari, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida va boshqalarda) faoliyat yuritish uchun mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.

Mazkur yo'nalishning namunaviy o'quv rejalari quyidagi fanlarni o'z ichiga kiritadi: Konstitutsiyaviy huquq, Prokuror nazorati, Ma'muriy huquq, Ma'muriy javobgarlik, Ta'lim huquqi, Parlament huquqi, Davlat xizmati, Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Yuridik texnika.

2. Fuqarolik-huquqiy faoliyat
Mazkur yo'nalish maqsadi talabalarda fuqarolik-huquqiy, mehnat, uy-joy, oilaviy-huquqiy munosabatlarni, shuningdek, mulk huquqi va boshqa mol-mulk huquqlari bilan bog'liq munosabatlarni, intellektual faoliyat natijalari, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish huquqlari, shuningdek, fuqarolarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari himoyasi bilan bog'liq munosabatlar sohasida bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Mazkur yo'nalish doirasida fuqarolik-huquqiy munosabatlar sohasida qonunlarni tizimli tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish va huquqni qo'llash amaliyotini rivojlanitirish, amaliyotda vujudga keladigan muammoviy munosabatlarni huquqni qo'llash orqali tartibga solishning shakl va metodlari ustida ishlash, protsessual hujjatlar, kasbiy faoliyat bilan bog'liq rasmiy hujjatlar tayyorlay bilishni nazarda tutadi.

Mazkur yo'nalish fuqarolik, xo'jalik sudlarida, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining yuridik bo'linmalarida, advokatlik, notarial sohalarda faoliyat yuritish uchun mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutadi.

Mazkur yo'nalishning namunaviy o'quv rejasi quyidagi fanlarni o'z ichiga olgan: Fuqarolik huquqi, Fuqarolik protsessual huquqi, Mehnat huquqi, Oila huquqi, Uy-joy huquqi, Ekologiya huquqi, Yer huquqi, Ijtimoiy ta'minot huquqi va boshqalar.

3. Jinoiy-huquqiy faoliyat

Mazkur yo'nalish maqsadi talabalarda jinoyat huquqi fani va tizimi, jinoyat qonunchiligi strukturasi, jinoyatlar tarkibi va ularning kvalifikatsiyasi, dalillar nazariyasi, jinoiy javobgarlik, sud va huquqni muhofaza qilish organlari, prokuror nazorati, ijro ishini yuritish asoslari to'g'risida bilimlarni shakllantirish. Yo'nalish vazifasi esa talabalarda jinoyatlarni ochish, tergov o'tkazish va jinoyatlarni oldini olish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, sudlarda fuqarolarning poymol bo'lgan huquq va majburiyatlarini himoya qilishni amalga oshirish hamda davlat ayblovini qo'llab-quvvatlash, kasbiy faoliyatda kriminalistik metodlardan foydalanish va boshqa masalalarga yo'naltirilgan.

Mazkur yo'nalish doirasida talabalarda jinoiy-huquqiy normalar asosida tizimli tahlil o'tkazish metodlarini shakllantirish, jinoyat protsessual faoliyat, huquqni qo'llash amaliyoti, protsessual hujjatlarni, kasbiy faoliyat bilan bog'liq rasmiy hujjatlarni tayyorlash ko'nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ushbu yo'nalish bo'yicha mutaxassislar o'z ish faoliyatlarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda (prokuratura organlari, shu jumladan harbiy prokuratura, ichki ishlar organlari, bojxona organlari, surishtiruv organlari va h.k.) amalga oshiradilar.

Mazkur yo'nalishning namunaviy o'quv rejasi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: Jinoyat huquqi, Jinoyat-ijro huquqi, Jinoyat-protsessual huquqi, Jinoyat ishlar bo'yicha protsessual aktlar, Kriminalistika, Kriminologiya, Sud tibbiyoti, Sud buxgalteriyasi, Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Prokuror nazorati va boshqalar.

4. Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi)

Mazkur yo'nalish talabalarda tadbirkorlik, investitsiya faoliyatining, biznesda uchraydigan korporativ munosabatlar va boshqa fuqaroviy huquqiy munosabatlarning tartibga solinishi sohasida hamda tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi sohasida, davlat va ho'jalik boshqaruvi organlarining yuridik bo'linmalari faoliyatini tashkil etish hamda tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, ularning huquqlarini himoya qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan.

Ushbu yo'nalish talabalarga tadbirkorlik, investitsiya, bank faoliyati sohasi, soliq va bojxona munosabatlariga oid masalalar bo'yicha huquqni qo'llash amaliyotida qonunchilikni tizimli tahlil qilish ko'nikmalarini singdirishni nazarda tutadi.

O'qitish jarayonida yuristning protsessual hujjatlarni (da'vo arizasi, qaror, ajrim va boshqalar) tayyorlash bo'yicha amaliyot ishlari shakllari va usullari hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning iqtisodiy-huquqiy masalalari bo'yicha axborot-tahlil materiallari ko'rib boriladi.

Mazkur yo'nalish doirasida xo'jalik ishlari bo'yicha sudlarda, soliq va bojxona organlarida, tijorat tashkilotlarning yuridik bo'linmalarida, shu jumladan davlat kontsernlari, xoldinglar, kompaniyalar, transmilliy korporatsiyalar va boshqalarda ishlash uchun mutaxassislar tayyorlanishi nazarda tutilgan.

Mazkur yo'nalishning namunaviy o'quv rejasi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: Tadbirkorlik huquqi, Xo'jalik protsessual huquqi, Korporativ huquq, Raqobat huquqi, Bojxona huquqi, Moliya huquqi, Bank huquqi, Soliq huquqi va boshqalar.

5. Xalqaro huquqiy faoliyat
Mazkur yo'nalish talabalarda xalqaro shartnomalar, xalqaro tashkilotlar faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni xalqaro huquqiy tartibga solinishi, xalqaro huquqda javobgarlik, investor (sarmoyachi)lar huquqlarini himoya qilishning xalqaro huquqiy usullari hamda xorijiy davlat va xalqaro hakamlik sudlarida davlat manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan.

Xalqaro huquqiy faoliyat sohasida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-huquqiy hodisalarni tizimli tahlil qilish metodlarini qo'llash, mazkur sohada boshqaruv qarorlarini qabul qilish, xalqaro tashkilotlar va sud organlarida O'zbekistonning siyosiy, iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda huquqiy vositalarni kompleks tarzda qo'llash bo'yicha ko'nikmalarni ishlab chiqish ushbu yo'nalish asosiy vazifalari hisoblanadi.

Mazkur yo'nalish doirasida sud organlarida, tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari bo'linmalarida hamda respublikaning xorijdagi vakolatxonalarida ishlash uchun mutaxassislarni tayyorlashni ko'zda tutadi.

Mazkur yo'nalishning namunaviy o'quv rejasi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: Xalqaro xususiy huquq, Xalqaro savdo huquqi, Xalqaro tijorat arbitraji, Xalqaro tashkilotlar huquqi, Xalqaro shartnomalar huquqi va boshqalar.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 51 9 339 51
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 4404 478 11.3 8.0
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 211.7 201.7 182.5 154.6
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 41 7 349 53
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 4002 615 10.3 10.3
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 218.4 204.3 186.3 168.9
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 30 15 300 105
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 3736 660 11.3 5.5
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 209.8 197.3 167.6 147.8
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) 15 5 385 195
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha)

Hozircha 2017-2018 o'quv yili uchun o'tish ballari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz

Magistratura mutaxassisliklari
(2015-2016)
Shifr Mutaxassislik
5A240108 Davlat boshqaruvi huquqi
5A240109 Soliq va bojxona huquqi
5A240110 Biznes huquqi
5A240111 Xalqaro tijorat huquqi
5A240112 Shartnoma huquqi
5A240113 Korporativ huquq
5A240114 Tabiiy resurslar huquqi
5A240115 Mehnat huquqi
5A240116 Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti
5A240117 Sud ekspertizasi va kriminalistika
Magistratura qabul kvotasi
(2015-2016)
Mutaxassislik Davlat grandi To'lov shartnoma
Davlat boshqaruvi huquqi 1 22
Soliq va bojxona huquqi 1 8
Biznes huquqi 1 15
Xalqaro tijorat huquqi 1 13
Shartnoma huquqi 1 9
Korporativ huquq 1 14
Tabiiy resurslar huquqi 1 8
Mehnat huquqi 1 8
Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti 16
Sud ekspertizasi va kriminalistika 9