OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Rektor:
Jumanov Abdumalik Abduvahobovich
Telefon:
0 (371) 267-67-69
E-mail manzili:
Rasmiy sayti:
Manzil:
Toshkent sh. Mustaqillik shox ko'chasi, 54 uy
To'liq nomi:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi
Oliygoh haqida

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti - xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan O'zbekistondagi oliy o'quv yurti va yirik ilmiy markaz. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qarashli.

1992 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Respublikamizning xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy munosabatlari sohalarida faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil qilindi.

Shu kunga qadar universitetda 1500 dan ortiq malakali mutaxassislar yetishib chiqdi. Xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va o'quv-tarbiya, uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlash sohasida Birlashgan Qirollik, AQSh, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya Qirolligi, Janubiy Korea, Xitoy va Rossiyaning yetakchi ta'lim va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik natijasida boy tajriba to'plandi.

"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fakulteti 1995-yil 23-oktyabrda tashkil topgan. Fakultetning asosiy vazifasi - Tashqi Ishlar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, shuningdek chet el elchixonalari va chet el bilan hamkorlikda ish olib boradigan Respublikamizning barcha tashkilotlariga yuqori malakali kadrlar tayyorlash.

"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fakulteti ilk kunlaridanoq Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va jahon iqtisodiyoti yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlab kelmoqda. 2000-yilda magistratura tashkil etilib, 2015-yildan boshlab fakultetda "Jahon iqtisodiyoti" va "Tashqi iqtisodiy faoliyat" yo'nalishlari bo'yicha magistrlar tayyorlanib kelmoqda.

Hozirgi kunda "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fakulteti Respublikada iqtisodiy fanlar bo'yicha kadrlarni yetkazib beruvchi yetakchi fakultetlardan biri hisoblanadi.

Fakultet tashkil topganidan buyon "Jahon iqtisodiyoti" va "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" yo'nalishi bo'yicha 1000 dan ortiq mutaxassislar tayyorlangan.

Ushbu yo'nalishlar doirasida quyidagi tashkilotlar uchun maxsus tayyorlov ko'zda tutiladi: diplomatik va tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradigan davlat maussasalari, xalqaro hukumatlararo va nodavlat tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institut va bank muassasalari hukumati, shuningdek tashqi savdo faoliyatini olib boradigan tashkilotlar va kompaniyalar.

Bitiruvchilar quyidagi faoliyatlarni amalga oshira oladi:

  • amaliy faoliyatlar doirasida: Tashqi ishlar vazirligida attashe, referent va inspektor, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida iqtisodchi ekspert, qo'shma korxonalarda xalqaro iqtisodchi, menejer va marketolog;
  • tashkiliy-boshqaruv faoliyatlari doirasida: qimmatbaho qog'ozlar mutaxassisi, moliyaviy va bankka oid tashkilotlar dilleri, buxgalter, auditor;
  • ilmiy tadqiqot ishlari doirasida: zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo'yicha asosiy muammolarni o'rganishga oid materiallarni tahlil qilish va tayyorlash.

Xalqaro munosabatlar fakulteti 1995 yilning oktyabrida tashkil etildi. Fakultetning asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqa olib boruvchi boshqa muassasalari, idora va tashkilotlari, chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berishdan iborat.

Fakultet O'zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini jahonning siyosiy maydonida himoya qila oladigan yetuk diplomatlar, siyosatshunoslar hamda xalqaro munosabatlar sohasining turli jabhalarida ishlay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlab bermoqda.

Xalqaro munosabatlar fakultetida "Jahon siyosati (mintaqalar bo'yicha)" bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar hamda "Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat" mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlash tizimi yo'lga qo'yilgan.

Bakalavr ta'lim yo'nalishi bitiruvchilari tashqi siyosiy faoliyat bilan bog'liq davlat boshqaruv organlari tizimida, O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, xorijiy davlatlarning O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, vazirliklar, davlat qo'mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo'limlarida, xalqaro tashkilotlarda, O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida va xalqaro tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari tashqi siyosiy faoliyat bilan bog'liq davlat boshqaruv organlari tizimida, O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, xorijiy davlatlarning O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, vazirliklar, davlat qo'mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo'limlarida, xalqaro tashkilotlarda, O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida va xalqaro tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

Fakultet kafedralari:

  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar
  • Xalqaro munosabatlar
  • Amaliy diplomatiya
  • Xalqaro munosabatlar bo'yicha ingliz tili
  • Jismoniy tarbiya va sport

Universitetda 1996 yili "Xalqaro huquqiy munosabatlar" yo'nalishi bo'yicha "Xalqaro huquq" fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 2002 yildan boshlab "Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat)" bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi.

Mazkur yo'nalish talabalarda xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash, tashqi siyosat masalalarga doir milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, muayyan masalalar bo'yicha qarorlar chiqarishda xalqaro huquq normalarini izlash va ularni qo'llay olish, hozirgi zamon xalqaro munosabatlari sohalarida yuzaga kelgan muammolarni tahlil etish, hal eta olish, huquqiy xulosa va maslahatlar bera olish, davlat organlari, xalqaro va xususiy tuzilmalarda xalqaro huquq bilan bog'liq bo'lgan funksiyalarni mustaqil bajara olish, xalqaro tijorat arbitrajida davlat manfaatlarini himoya qilish, O'zbekiston qo'shilgan xalqaro shartnomalar va konvensiyalarning ijrosini yuridik ta'minlash shuningdek, jahon miqyosida O'zbekiston Respublikasining obro' - e'tibori, tutgan mavqeyini mustahkamlash va manfaatlarini huquqiy himoya qilish sohasidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan.

Mazkur yo'nalish doirasida mamlakatimizning diplomatik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza etuvchi organlar tizimi, moliya-bank va soliq organlarida hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun bakalavr mutaxassislarni tayyorlashni ko'zda tutiladi.

Fakultet kafedralari:

  • Xalqaro huquq va inson huquqlari
  • Davlat qurilishi va huquq
  • Fuqarolik huquqi
  • Xalqaro huquq mutaxassisligi bo'yicha ingliz tili

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Jahon siyosati Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 10 5 30 15
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 10 5 50 25
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 7 3 53 27
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 281 141 7.0 7.1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 356 213 5.9 7.1
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 364 148 6.1 4.9
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 203.5 186.5 178.0 172.4
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 218.8 212.0 193.0 179.0
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 216.7 206.8 187.1 167.4
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Jahon siyosati Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 15 10 25 10
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 4 1 50 35
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 4 1 50 35
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 336 117 8.4 5.9
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 228 150 4.2 4.2
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 329 137 6.1 3.8
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 193.8 203.3 179.5 169.1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 218.0 213.1 180.5 159.5
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 220.3 225.7 180.2 163.9
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Jahon siyosati Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 15 5 18 12
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 3 2 57 38
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 3 2 51 34
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 306 93 9.3 5.5
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 242 199 4.0 5.0
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 330 145 6.1 4.0
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 203.2 220.3 185.9 164.3
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 229.9 206.9 163.0 149.4
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 216.0 214.0 177.7 171.0
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Jahon siyosati Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) Tarix
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati 3 2 27 18
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 3 2 77 38
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat) 3 2 51 34
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Jahon siyosati
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha)
Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)

Hozircha 2017-2018 o'quv yili uchun o'tish ballari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz

Magistratura mutaxassisliklari
(2015-2016)
Shifr Mutaxassislik
5A120701 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat
5A231101 Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha)
5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat turlari bo'yicha)
5A240105 Xalqaro huquq (sohalar bo'yicha)
5A240106 Diplomatik va konsullik huquqi
Magistratura qabul kvotasi
(2015-2016)
Mutaxassislik Davlat grandi To'lov shartnoma
Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat 1 13
Jahon iqtisodiyoti (mintaqalar va faoliyat turlari bo'yicha) 1 10
Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat turlari bo'yicha) 1 3
Xalqaro huquq (sohalar bo'yicha) 1 3
Diplomatik va konsullik huquqi 4