OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Soliq akademiyasi
Rektor:
Gadoyev Erkin Fayziyevich
Telefon:
0 (371) 275-56-92
E-mail manzili:
Rasmiy sayti:
Manzil:
Toshkent sh. Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo'li, 3 uy
To'liq nomi:
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi Soliq akademiyasi
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi
Oliygoh haqida

Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tartibga solish va takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq respublika soliq organlari uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 yanvardagi "Soliq akademiyasini tashkil etish to'g'risida"gi 16-sonli qarori bilan Soliq akademiyasi tashkil etilgan va 2001 yil 1 martdan o'z faoliyatini boshlagan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 maydagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 229-sonli qarori bilan 2003 yildan Soliq akademiyasida magistratura bo'limi tashkil etilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning 2006 yil 3 iyulda "O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi Soliq akademiyasi faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish choralari to'g'risida"gi PQ 397-sonli Qarori bilan Soliq akademiyasi Davlat soliq organlari kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha Respublikaning tayanch ilmiy-metodik markazi va oliy ta'lim muassasasi etib belgilangan.

Soliqlar va soliqqa tortish fakulteti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Akademiya faoliyati bo'yicha o'tkazilgan attestatsiya va akkreditatsiyaning o'quv va uslubiy hamda boshqa qator yo'nalishlari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi.

Fakultet "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning talablaridan kelib chiqqan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash, davlat soliq idoralarini jahon andozalari darajasidagi iqtisodiy, ijtimoiy bilimlarga hamda yuksak ma'naviy fazilatlarga ega bo'lgan malakali kadrlarni yetishtirishdan iborat.

Fakultetda talabalarni ilg'or zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, shundan 2 ta lingafon o'quv xonalari, kompyuter xonalari hamda barcha o'quv xonalari zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlangan.

Fakultet kafedralari:

  • Soliqlar va soliqqa tortish
  • Buxgalteriya hisobi va audit
  • Iqtisodiy fanlar
  • Axborot texnologiyalari
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar
  • Tillar
  • Jismoniy tarbiya
  • Moliya va kredit
  • Yuridik fanlar

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti O'zbekiston Respublikasi soliq idoralari xodimlari uchun, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo'mitasi buyruqlarini yuqori samaradorlik bilan bajarilishini ta'minlash, ularning soliq sohasi va boshqa iqtisodiy jabhalardagi bilimlari va kasbiy maqoratini oshirish, mas'uliyatni his etish hamda rahbarlik qobiliyatini mustahkamlash, shunungdek, intizomiy saviyasini oshirish, muomala madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida 2001 yili Soliq akademiyasi tarkibida "Malaka oshirish bo'limi" sifatida tashkil etilgan.

Davlat Soliq qo'mitasi taqdim etiladigan talabnomalarda ko'rsatilgan malakasi oshirilishi lozim bo'lgan xodimlar va lavozimlar tarkibiga qarab akademiya malaka oshirish kurslarini viloyatlar bo'yicha rejalar tuziladi. Malaka oshirish kurslarining tinglovchilari xodimlari bo'yicha toifalarga ajratiladi va mazkur toifalar bo'yicha o'quv dasturlari shakllantirilib, tasdiqlanadi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida quyidagi turdagi o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi: ma'ruzalar, amaliy va seminar mashqulotlari, labaratoriya ishlari, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Davlat soliq inspeksiyalarida tajriba almashinuv mashg'ulotlar, joriy va yakuniy sinovlar va boshqalar.

Fakultetning pedagoglari akademiya kafedralarining professor o'qituvchilaridan hamda Davlat Soliq qo'mitasining boshqarma va bo'limlari rahbarlaridan tashkil topgan. Bundan tashqari tinglovchilarga nazariy va amaliy bilim berish, kasbiy mahorati va huquqiy bilimlarni amaliy jihatdan har tomonlama mustahkamlash maqsadida akademiyaning professor o'qituvchilaridan tashqari Ichki ishlar vazirligi hamda Ichki ishlar akademiyasi, Respublika bosh prokuraturasi va uning huzuridagi Soliq, valyuta va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti, O'zbekiston Respublikasi Bankrotlik va Sanatsiya qo'mitasi kabi nufuzli tashkilotlardan mutaxassislar taklif etiladi.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Soliqlar va soliqqa tortish Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 60 15
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 617 39 10.3 2.6
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 144.1 80.5
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Soliqlar va soliqqa tortish Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 60 15
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 440 55 7.3 3.7
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 137.6 86.9
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Soliqlar va soliqqa tortish Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 60 15
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 398 111 6.6 7.4
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 121.1 100.7
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Soliqlar va soliqqa tortish Matematika (informatika bilan)
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish 60 15
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Soliqlar va soliqqa tortish

Hozircha 2017-2018 o'quv yili uchun o'tish ballari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz

Magistratura mutaxassisliklari
(2015-2016)
Shifr Mutaxassislik
5A230801 Soliqlar va soliqqa tortish
Magistratura qabul kvotasi
(2015-2016)
Mutaxassislik Davlat grandi To'lov shartnoma
Soliqlar va soliqqa tortish 1 9