OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Inha universiteti
Rektor:
Shermatov Sherzod Xotamovich
Telefon:
0 (371) 289-99-99
E-mail manzili:
Rasmiy sayti:
Manzil:
Toshkent sh. Ziyolilar ko'chasi, 9 uy
To'liq nomi:
Toshkent shahridagi Inha universiteti
Oliygoh haqida

Xalqaro standartlar asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek jahonning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlikni kengaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014 yil 24 mart kuni "Toshkent shahrida Inha universitetini tashkil etish to'g'risida"gi qaror imzolangan.

Janubiy Koreyaning Inha universitetiga 1954 yil asos solingan bo'lib, ayni kunda ta'lim muassasasida 20 yo'nalishda 22 ming nafar talaba tahsil oladi. Seulning "Joong Ang Ilbo" nashri reytingida Inha universiteti Koreyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlaydigan eng peshqadam ta'lim muassasalari beshtaligidan, shuningdek 2014 yil jahon miqyosida o'rganilgan ta'lim dargohlari orasida mazkur yo'nalishda eng ilg'or universitetlar yuztaligidan joy olgan.

Toshkent shahridagi Inha universiteti "Dasturiy injiniring" (CSE - Computer Science and Engineering) fakulteti o'z talabalariga nafaqat nazariy va amaliy bilim berish, balki shu bilimlaridan kelajakdagi ish faoliyatlarida foydalana olishlari haqida ham qayg'uradi. Shuning uchun ta'limning asosiy negizini amaliy tajribalar tashkil qiladi.

Fakultetning asosiy maqsadi jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan davrimizga mos keladigan bilimli, kuchli, adolatli, qobiliyatli va yaratuvchan yoshlarni yurtimiz ravnaqi uchun tayyorlab berish. Shuningdek, "Hardware" (texnik ta'minot) va "Software" (dasturiy ta'minot) bo'yicha loyihalashtiruvchi, rivojlantiruvchi, ta'mirlovchi va foydalanuvchi, raqobatbardosh va malakali muhandislarni yurtimiz va dunyoning eng yetakchi xalqaro kompaniyalari uchun tayyorlab berishni ham fakultetning oliy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Bakalavriat davrining asosiy o'quv dasturi:

  • 1-kurs: Matematika, matematik modellashtirish, fizika, ingliz tili, tadqiqot kurslari va asosiy amaliy fanlarni o'z ichiga oladi.
  • 2-kurs: Ta'lim standartlari asosida kompyuter ilmidan boshlang'ich o'quv kurslari.
  • 3-kurs: Hardware (texnik ta'minot) va software (dasturiy ta'minot)ga tegishli bo'lgan kompyuter dizayni, dasturlash tili, operatsion tizimlar, mikroprotsessor va dasturlash bo'yicha kurslar.
  • 4-kurs: Chuqurlashtirilgan holda talabalarga amaliy dasturiy vositalarni loyihalash, ma'lumotlar bazasi, algoritmi, kompyuter tarmog'i, sun'iy aql, dasturiy ta'minot muhandisligi, kompilyatorlar va axborot xavfsizligi kabi ilg'or kurslar o'tiladi.

Statistik malumotlarga qaraganda, so'nggi besh yil ichida Janubiy Koreyaning Inha universitetini bitirgan talabalar dunyoning nufuzli va yirik korporatsiyalarida (Samsung, LG Electronics, Hyundai, Samsung SDS, LG CNS, MBN, Sambo Computers, Lotte Information and Communications) shuningdek, hukumat muassasalarida, moliya agentligida, ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida, maktab va boshlang'ich kompaniyalarda o'z iste'dodlarini namoyish etib kelishmoqda.

Toshkent shahridagi Inha universitetining "Kompyuter injiniring" (ICE - Information and Communication Engineering) fakulteti oldiga yuksak maqsadlar qo'yilgan bo'lib, yuqori malakali axborot va telekommunikatsiya sohasidagi etakchi muhandislarni o'qitadi. Fakultet jamiyatga o'z bilimi bilan xizmat qiladigan malakali kadrlarni yetkazib beradi.

Fakultetning maqsadi talabalarda "Axborot va kommunikatsiya muhandislik" sohasida yuzaga keladigan muammolarni texnik bilim va tajribalar asosida hal qila olish qobiliyatini rivojlantirish, egallagan bilimlarga tayanib, ijodiy fikrlash, tahlil qilish va dasturiy tizimni yaratish qobiliyatini rivojlantirish, xalqaro darajadagi raqobatga tenglasha oladigan va doimo o'z ustida ishlaydigan kuchli yoshlarni o'stirish, davlatimiz va dunyo hamjamiyati ravnaqiga o'z bilimi bilan hissa qo'shadigan yoshlarni rag'batlantirish va tarbiyalash.

O'quv dasturi bo'yicha fakultet asosan amaliy tajribalar bilan ishlashni tashkil etadi. Xususan boshlang'ich kurslar axborot va kommunikatsiya muhandisligiga oid "Simli va simsiz aloqa", "Internet aloqa", "AT servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari" kabi darsliklarni o'qitadi. Keyinchalik yuqori kurslarda talabaning kelajakda tanlagan kasbi, xohish va istagini inobatga olgan holda yanada chuqurroq va amaliy mashg'ulotlarning sonini ko'paytirib borish mumkin.

Inha universitetining "Kompyuter injiniring" fakultetini tamomlagan muhandislar bemalol yirik korporatsiyalarda, kompyuter uskunalari bilan jihozlangan boshqaruv tizimida, tadqiqot laboratoriyalarida, universitetlarda sohalari bo'yicha dars berishlari va ishlashlari yoki magistraturani chet elda o'qishlari mumkin.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Kompyuter injiniringi (ICE) Matematika
Fizika
Dasturiy injiniring (CSE) Matematika
Fizika
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Dasturiy injiniring (CSE)
Kompyuter injiniringi (ICE)
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
Dasturiy injiniring (CSE)
Kompyuter injiniringi (ICE)
Bakalavriat imtihonlarining minimal o'tish ballari
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt
Dasturiy injiniring (CSE)
Kompyuter injiniringi (ICE)
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Dasturiy injiniring (CSE) Matematika
Fizika
Kompyuter injiniringi (ICE) Matematika
Fizika
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Dasturiy injiniring (CSE) 130 130
Kompyuter injiniringi (ICE) 120 120
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
Dasturiy injiniring (CSE) 437 3.4
Kompyuter injiniringi (ICE) 363 3.0
Bakalavriat imtihonlarining minimal o'tish ballari
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt
Dasturiy injiniring (CSE)
Kompyuter injiniringi (ICE)
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Logistika (SOL) Matematika
Kompyuter injiniring va Dasturiy injiniring (SOCIE) Matematika
Fizika
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Kompyuter injiniring va Dasturiy injiniring (SOCIE) 5 245 250
Logistika (SOL) 5 75 80
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
Kompyuter injiniring va Dasturiy injiniring (SOCIE) 940 3.8
Logistika (SOL) 492 6.2
Bakalavriat imtihonlarining minimal o'tish ballari
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt
Kompyuter injiniring va Dasturiy injiniring (SOCIE)
Logistika (SOL)
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov

Hozircha 2017-2018 o'quv yili uchun o'tish ballari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz

Hozircha magistratura mutaxassisliklari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz