OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Moskva davlat universiteti
Rektor:
Kudryavtsev Valeriy Borisovich
Telefon:
0 (371) 232-28-22
E-mail manzili:
Rasmiy sayti:
Manzil:
Toshkent sh. Amir Temur shox ko'chasi, 22 uy
To'liq nomi:
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filiali
Oliygoh haqida

Filial O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 fevraldagi PQ 209 - sonli "Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bilan tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifasi Moskva davlat universitetida qabul qilingan ta'lim dasturlariga va xalqaro tan olingan talablarga, hamda O'zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsad va vazifalariga mos keluvchi yuqori malakali mutahassislar tayyorlashdir.

Psixologiya fakultetning maqsadi xalq xo'jaligi, ta'lim, sog'liqni saqlash, boshqaruv tizimlaridagi murakkab muammolarni hal etish, aholiga ijtimoiy yordam berishda ishtirok etadigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Bilim, qobiliyat va ko'nikmalarga muvofiq, bitiruvchilar professional faoliyatini diagnostik-konsultativ, o'quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirishlari mumkin.

Mutaxassisning professional faoliyat obyektlari insonning ruhiy jarayonlari, holati va xususiyatlari hisoblanadi. Predmet sifatida esa - ushbu holatlarning inson faoliyatining turli sohalarida, kishilik va jamiyat o'zaro aloqalarida paydo bo'lishi, tashqaridan ta'sir qilish paytida ularning o'zgarish va tashkiliy tuzilish shakllari va usullari.

Fakultet ta'lim muddati - 5 yil. Ta'lim tili - Rus tili.

Ta'lim dasturi quyidagi umumiy professional fanlarni o'z ichiga oladi:

  • Umumiy psixologiya
  • Eksperimental psixologiya
  • Umumiy psixologik praktikum
  • Psixologiya tarixi
  • Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya
  • Psixogenetika
  • Shaxs psixologiyasi
  • Psixodiagnostika
  • Psixologiyaning metodik asoslari
  • Psixologiyada matematik usullar
  • Psixologiyaning rivojlanishi
  • Pedagogik psixologiya
  • Ijtimoiy psixologiya
  • Mehnat psixologiyasi
  • Klinik psixologiya
  • Maxsus psixologiya
  • Psixofiziologiya
  • Psixologiya o'qitish metodikasi

Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filiali "Amaliy matematika va informatika" faluteti amaliy matematika, hisoblash matematikasi, informatika va dasturlash bo'yicha tadqiqot olib boradigan kadrlarni tayyorlaydigan asosiy bo'lim hisoblanadi.

Fakultet 2006 yilda tashkil etilgan. Shu vaqtdan boshlab fakultetda "Amaliy matematika va informatika" ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ta'lim muddati - 4 yil. Ta'lim tili - Rus tili.

Ta'lim o'zining samaradorligini ko'rsatgan an'anaviy usullar bilan amalga oshiriladi. Asosiy e'tibor ilmiy-tadqiqot va axborot texnologiyalari mutaxassislari kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

Talabalar matematik tahlil, funktsional tahlil, chiziqli algebra, analitik geometriya, differentsial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, ehtimollik nazariyasi, matematik statistika, matematik mantiq, diskret matematika, raqamli usullar, operatsiyalar tadqiqoti, o'yinlar nazariyasi, optimallashtirish, axborot xavfsizligi va boshqa fanlarni o'qishadi.

Fakultet talabalariga algoritmlar va algoritmik tillar, kompyuter arxitekturasi va assembler tili, tizimli dasturiy ta'minot, amaliy dasturiy ta'minot, kompyuter grafikasi, parallel hisoblash, ma'lumotlar bazalari, operatsion tizimlar, sun'iy aql, obyektga yo'naltirilgan dasturlash kabi kompyuter texnikasi va dasturlashga oid keng ko'lamli kurslar o'qitiladi.

Fakultet bitiruvchilari akademik va ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, hukumat organlari, banklar, sug'urta, moliya, konsalting firmalari, milliy va xorijiy firmalar kabi kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan barcha sohalarda ishlashlari mumkin.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Amaliy matematika va informatika Matematika (yozma)
Informatika (yozma)
Rus tili (yozma)
Psixologiya Matematika (yozma)
Biologiya (yozma)
Rus tili (yozma)
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Amaliy matematika va informatika 16 24 40
Psixologiya 16 24 40
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
Amaliy matematika va informatika
Psixologiya
Bakalavriat imtihonlarining minimal o'tish ballari
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt
Amaliy matematika va informatika 240.0 200.0
Psixologiya 215.0 183.0
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Amaliy matematika va informatika Matematika (yozma)
Informatika (yozma)
Rus tili (yozma)
Psixologiya Matematika (yozma)
Biologiya (yozma)
Rus tili (yozma)
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Amaliy matematika va informatika 16 24 40
Psixologiya 16 24 40
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
Amaliy matematika va informatika 216 5.4
Psixologiya 272 6.8
Bakalavriat imtihonlarining minimal o'tish ballari
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt
Amaliy matematika va informatika 212.0 166.0
Psixologiya 193.0 163.0
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Amaliy matematika va informatika Matematika (yozma)
Informatika (yozma)
Rus tili (yozma)
Psixologiya Matematika (yozma)
Biologiya (yozma)
Rus tili (yozma)
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Amaliy matematika va informatika 16 24 40
Psixologiya 16 24 40
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
Amaliy matematika va informatika
Psixologiya
Bakalavriat imtihonlarining minimal o'tish ballari
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt
Amaliy matematika va informatika
Psixologiya
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Grand Kontrakt JAMI
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov

Hozircha 2017-2018 o'quv yili uchun o'tish ballari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz

Hozircha magistratura mutaxassisliklari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz