OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Toshkent farmatsevtika instituti
Rektor:
Yunusxo'jaev Axmatxo'ja Nig'monovich
Telefon:
0 (371) 256-37-38
E-mail manzili:
Rasmiy sayti:
Manzil:
Toshkent sh. Oybek ko'chasi, 45 uy
To'liq nomi:
Toshkent farmatsevtika instituti
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi
Oliygoh haqida

Toshkent farmatsevtika instituti O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash xalq komissariatining 155-son buyrug'i bilan 1937 yil 16 iyulda tashkil qilingan. Bu voqea Farmatsevtika bo'yicha mutaxassislarni nafaqat O'zbekistonda, balki ba'zi O'rta Osiyo davlatlarida tayyorlash uchun ham asos bo'ldi. Oliy Farmatsevtik ta'lim strukturasini va farmatsevtlarni tayyorash boyisha dastur tayyorlandi.

Toshkent Farmatsevtika instituti 1937 yilda Toshkent tibbiyot instituti bazasida tashkil etildi. Shu yili institutga 50 nafar talaba oqishga qabul qilindi. Talabalarga toshkent tibbiyot instituti kafedralarining professor-o'qituvchilari dars berdilar. 1945 yilgacha fakultetda alohida dekanat faoliyat ko'rsatmagan. 1945 yildan boshlab mazkur fakultetga I.I. Ivenskiy rahbarlik qila boshladi.

Keyinchalik fakultet dekani sifatida Tolagan Abrolov va Aleksandra Nikolaevna Tatarenko faoliyat ko'rsatgan. Keyingi yillarda quyidagi professor-o'qituvchilar fakultet dekani lavozimida ishlaganlar: 1953-1959 f.f.n H.X Xolmatov, 1959-1976 f.f.n, dotsent A.YU. Ibodov, 1976-1978 f.f.n E.R.Toshmuhamedov, 1978-1981 f.f.n. dotsent A.YU. Ibodov, 1981-1989 dotsent O'.A.Axmedov, 1989-1990 dotsent A.H.Halimov, 1990-1991 k.f.d X.R.Rahmatullaev, 1991-1995 dotsent H.K.Jalilov, 1995-1999 k.f.n. N.Q.Olimov, 1999-1999 f.f.d. H.M.Komilov, 1999-2000 f.f.d. O'.A.Axmedov, 2000-2001 k.f.d. professor O.A.Shobilolov, 2001-2003 f.f.n. Z.A.Yuldashev, 2003-2005 f.f.n. dotsent A.H.Halimov, 2005-2007 dotsent Z.Osmonov, 2007-2012 f.f.d. Z.A.Yuldashev, 2012-2015 f.f.n A.Q.G'aniev.

Farmatsiya fakulteti institutning nufuzli fakulteti bo'lib, uning tarkibida sakkizta kafedra, Axborot texnologiyalari markazi, Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi, video-audio markazi va axborot-resurs markazi faoliyat ko'rsatmoqda.

Dorivor o'simliklarning xalq tabobati va farmatsevtika sanoatidagi ahamiyatini inobatga olib, 1992 yilda Toshkent farmatsevtika institutining "Farmatsiya" fakulteti tarkibida "Agrobiotexnologiya" mutaxassisliklari tashkil qilindi. Bu mutaxassisliklar 1994 yil 2 sentyabrida alohida "Agrobiotexnologiya" fakulteti sifatida ajralib chiqdi. 2003 yil 17 sentyabr 100-sonli institut buyrug'i asosida "Agrobiotexnologiya" fakulteti nomi "Sanoat farmatsiyasi" fakulteti deb o'zgartirildi.

Fakultetda 5 ta kafedralar mavjud bo'lib, ularda 10 dan ortiq fan doktorlari va professorlar, 30 dan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar, 40 dan ortiq katta o'qituvchi va assistentlar talabalarga bilim bermoqdalar.

O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1967 yil 6 maydagi 211-sonli qaroriga binoan 1969 yil mart oyidan boshlab, Toshkent farmatsevtika instituti qoshida provizorlar malakasini oshirish fakulteti (PMOF) tashkil etildi.

Ushbu qarorga muvofiq fakultet 4 mutahassislik bo'yicha faoliyat ko'rsata boshladi:

  • provizor-tashkilotchi
  • provizor-tehnolog
  • provizor-analitik
  • ximik-ekspert

PMOFning birinchi tashkilotchisi va birinchi dekani farmatsevtika fanlari nomzodi T.M.Abralov (1967-1971 yillar) bo'lganlar. Undan keyingi yillarda fakultetda dotsent N.M.Ahmadhojaeva (1972-1984 yillar), prof. E.R.Toshmuhamedov (1985-1986 yillar), dots. O.V.Bondarenko (1987-1995 yillar) fakultetga rahbarlik qildilar. 1995 yildan 2004 yilgacha dotsent R.Z.Ziyaev, 2004-2011 yillarda M.M.Miralimov fakultetga rahbarlik qildilar.

1969-1994 yillarda FMOF bo'yicha 8000 ga yaqin mutaxassis provizorlar, shu jumladan 3327 provizor-tashkilotchi, 2774 provizor texnologlar, 1256 provizor-analitiklar, 559 sud-tibbiyoti byurosi ximik-ekspertlari o'z malakalarini oshirdilar. Shuni ta'kidlash lozimki, ushbu yillarda provizor-tashkilotchi, provizor-texnolog, provizor-analitiklar sikliga malaka oshirish uchun asosan O'zbekistondan mutaxassislar kelgan bo'lsa, ximik-ekspert lavozimida ishlovchilar esa sobiq ittifoqdosh respublikalarining barcha chekkalaridan kelganlar.

PMOF tinglovchilariga yuqori malakali professor o'qituvchilar dars berganlar. Farmatsiya ishini tashkil qilish fanidan prof. E.R. Toshmuhamedov, dotsentlar: T.M. Abralov, V.A.Zaxarov,R.Z. Ziyaev, M.T. Rajabov, O.V. Bondarenko, O.X. Xonho'jaev, M.Y. Stepanova, A.A.Karakozova, texnologiyadan prof. Z.M. Umanskiy, dotsent T.K.Qosimova, I.A. Yudovich, A.Sh.Xamzina, Z.N. Nazirov; farmatsevtik kimyodan dots Yo. Q. Qodirov, A.Yu. Ibodov, Ye. A. Puchinyan, L.A. Habibullaeva, N.F. Drebentsova, N.M. Ahmadxo'jaeva farmakologiyadan prof. M.N.Maxsumov, dots. B.X. Xodjaev farmakognoziyadan prof. R.L. Xazanovich, T.P. Po'latova, prof. A.Yo.Ibragimov,N. Alimxo'jaev, K.K. Yunusova, Toksikologik kimyodan prof. L.T. Ikromov, dotsentlarB.O. Olimxonov, A.YU. Toshpo'latov, T.M. Mirhaitov va boshqalar.

FMOF orqali 1996 yildan boshlab har yili 500 ga yaqin mutaxassis-provizorlar malaka oshirish kursini o'tganlar. 1986-1994 yillarda 4000 dan ortiq mutaxassis o'z malakasini oshirgan. 1994 yilda qo'shimcha ravishda "Gomeopatiya dori vositalari texnologiyasi va sifati" sikli tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 1995 yil 23 oktyabrdagi 501-sonli buyrug'i provizorlarning malakasini oshirishda katta burilish yasadi. Ushbu buyruqqa muvofiq FMOFda 3 ta sikl tashkil etildi.

  1. Dorixona muassasalari iqtisodiyoti va farmatsiyadagi dolzarb muammolar
  2. Dori tayyorlash texnologiyasi
  3. Dori sifatini nazorat qilish

O'qish muddati barcha sikllarda bir oy qilib belgilandi. O'zR SSV "Davolash-profilaktika muassasalari ishini yaxshilash to'g'risida"gi 2001 yil 5 sentabrdagi 400-sonli buyrug'ini bajarish maqsadida institutning "Davolash-profilaktika muassasalari dorixonalari xodimlarining malakasini oshirish to'g'risida" 2001 yil 27 sentyabrda 128-sonli buyrug'i chiqdi. Shu buyruq asosida PMOF qoshida maxsus "Shifoxona dorixonasi ishini tashkil qilish" sikllari tashkil qilindi.

Shuni ta'kidlash lozimki, amaliy farmatsiya xodimlariga yaqindan yordam berish va fakultet ishini tashkillashtirish maqsadida 1996 yildan boshlab viloyat "Dori - darmon" ABlari qoshida ko'chma sikllar tashkil etilgan.

2000 - 2001 o'quv yilidan boshlab Butun Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan ko'chma sikllarda o'qish muddat 3 haftagacha qisqartirildi. Buning uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim hamda Sog'liqni saqlash vazirliklari tomonidan 2000 yilning 5 noyabrida reja va dastur tasdiqlandi.

O'zbekiston respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Oliy va o'rta maxsus o'quv muassasalari o'qituvchilar malakasini oshirishni yanada takomillashtirish haqidagi 1997 yil 24 iyundagi 302-sonli buyrug'iga binoan institut malaka oshirish fakulteti qoshida 2000 - 2001 yildan boshlab tibbiyot bilim yurti farmatsevtika bo'limi o'qituvchilari malakasini oshirish sikli tashkil etildi.

Bozor munosabatlari sharoitida mutaxassislarning malaka oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish, dorixona muassasalari ishini yaxshilash, aholiga sifatli mahsulot yetkazib berishda asosiy sifat kafolati bo'lib kelmoqda. Toshkent farmatsevtika instituti malaka oshirish fakultetida xorijiy mamlakatlarda provizorlar malakasini oshirish fakulteti tajribalaridan kelib chiqqan holatda, hamda iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechish maqsadida 1996 yildan boshlab, har o'quv yilida 5 tadan ko'chma sikllar tashkil etilyapti.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2001 yil 19 noyabrdagi 06-/283 sonli xatiga binoan institut provizorlar malakasini oshirish fakulteti qoshida sud-tibbiyot ekspert kimyogarlari uchun 2001/2002 o'quv yilidan boshlab "Spetsializatsiya" sikli tashkil etildi. Malaka oshirish yo'nalishlari dasturlari 144 soatlik (4 o'quv haftasi) hajmida qilib qayta ishlandi.

2005 yilning 18 mayda "Farmatsevt kadrlar malakasini oshirishishlarini takomillashtirish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi 226-sonli buyrug'i bilan farmatsevt kadrlarning diplomdan keyingi malakasini oshirish bo'yicha muvaqqat nizom tasdiqlandi.

O'quv dasturi o'z ichiga ma'ruza matnlarini, laboratoriya-amaliy mashg'ulotlarini, mustaqil tayyorlanish uchun uslubiy ko'rsatmalarni olgan.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Farmatsiya) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) Kimyo
Matematika (informatika bilan)
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Farmatsiya (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 10 15
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 10 15
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 17 3 94 16
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 17 3 92 8
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 249 10.0
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 278 11.1
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 1440 155 13.0 8.2
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 930 92 8.5 8.4
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 178.0 151.3
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 133.9 110.7
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 199.3 203.8 172.0 141.7
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 187.2 159.2 152.7 132.6
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Farmatsiya) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) Kimyo
Matematika (informatika bilan)
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Farmatsiya (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 5 20
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) 5 15
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 5 15
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 12 4 88 16
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 14 4 101 16
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 286 11.4
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) 241 12.1
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 246 12.3
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 946 129 9.5 6.5
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 990 140 8.6 7.0
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 182.5 161.1
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) 184.2 133.8
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 162.6 134.6
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 211.0 189.9 173.7 149.0
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 201.4 161.6 157.6 131.7
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Farmatsiya) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) Kimyo
Matematika (informatika bilan)
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Farmatsiya (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 5 20
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) 5 20
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 5 15
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 15 5 75 25
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 20 5 100 25
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 249 10.0
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) 269 10.8
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 187 9.4
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 965 144 10.7 4.8
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 737 170 6.1 5.7
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 200.3 176.1
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) 191.3 172.1
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 178.4 160.3
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 203.9 199.0 183.6 131.8
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 195.8 177.5 171.1 134.2
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Farmatsiya) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) Kimyo
Matematika (informatika bilan)
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Farmatsiya (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya) 5 20
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha) 5 20
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) 5 25
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 14 3 110 33
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha) 15 3 109 33
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Farmatsiya)
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (farmatsevtika sohasi bo'yicha)
Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha)
Farmatsiya (turlari bo'yicha)
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo'yicha)

Hozircha 2017-2018 o'quv yili uchun o'tish ballari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz

Magistratura mutaxassisliklari
(2015-2016)
Shifr Mutaxassislik
5A320406 Dorivor vositalar va preparatlar texnologiyasi
5A510501 Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya
5A510502 Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish
5A510602 Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi
5A510603 Dorilarning sanoat texnologiyasi
Magistratura qabul kvotasi
(2015-2016)
Mutaxassislik Davlat grandi To'lov shartnoma
Dorivor vositalar va preparatlar texnologiyasi 2 4
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya 2 4
Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish 1 4
Immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi 1 5
Dorilarning sanoat texnologiyasi 2 6