OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Andijon davlat tibbiyot instituti
Rektor:
Sadiqov Abdushukur Abdujamilevich
Telefon:
0 (374) 237-11-41
E-mail manzili:
Rasmiy sayti:
Manzil:
Andijon sh. Yu. Otabekov ko'chasi, 1 uy
To'liq nomi:
Andijon davlat tibbiyot instituti
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi
Oliygoh haqida

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1955 yil 2 avgustdagi 241-sonli hamda sobiq O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1955 yil 21 sentabrdagi 639-sonli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Davolash fakulteti 1955 yil oktabr oyida tashkil qilingan. Davolash fakultetining birinchi dekani dotsent K.A.Zufarov bo'lgan. O'sha paytda fakultetda 10 ta kafedra bo'lib, 120 nafar talaba o'qigan, keyinchalik talabalar ko'payib, kafedralar soni ham orta boshlagan.

1957 yilga kelib "Davolash" fakulteti dekani lavozimiga "Bioximiya" kafedrasi mudiri, dotsent M.G.Mirzakarimov tayinlangan. Talabalar soni 470 taga yetgan. 2 nafar dekan o'rinbosari faoliyat ko'rsatgan.

Ular o'quv jarayonini, davomat va o'zlashtirishni yaxshilash bilan birga, talabalarni maxsus adabiyotlar bilan ta'minlash borasida ham katta ish olib borganlar. 1970 yilga kelib fakultet dekani lavozimiga "Yuqumli kasalliklar" kafedrasi mudiri professor K.M.Mirzayev tayinlandi. Professor K.M.Mirzayev o'zining tashabbuskorligi, bilimdonligi, ishchanligi bilan fakultet uchun beminnat xizmat qildi.

Professor K.M.Mirzaev nafaqat fakultet miqyosida, balki institut, viloyat, qolaversa, Respublika miqyosida ko'p xayrli ishlar qildi. Fakultetga 1984-1985 yillarda professor Sh.A.Hamidov, 1986-1988 yillarda dotsent S.H.Madaminov rahbarlik qildi. 1988 yilda fakultetga "Travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya" kafedrasi dotsenti, yosh tajribali olim N.M.Qurbonov dekan etib tayinlandi. U o'zining tashkilotchiligi, harakatchanligi tufayli tez orada jamoada obro'-e'tibor qozondi va 1996 yilgacha samarali faoliyat ko'rsatdi. 1996 yili "Normal fiziologiya" kafedrasi mudiri Sh.Q.Qodirov dekan lavozimida faoliyat olib bordi. 1997-1999 yillarda "6-7 kurs jarrohlik" kafedrasi professori G'.M.Hojimatov dekan lavozimida samarali mehnat qildi. 1999 yili fakultet dekani lavozimiga "6-7 kurs jarrohlik" kafedrasi professori A.K.Botirov tayinlandi.

2005 yilda fakultet dekani lavozimida ish olib borgan "Travmatologiya, ortopediya, neyroxirurgiya, harbiy dala jarrohligi" kafedrasining mudiri professor Q.T.Xudoyberdiyev o'zining talabchanligi, izlanuvchanligi bilan ajralib turdi. 2005-2008 yillarda fakultet va "Gospital jarrohlik" kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori A.M.Mehmonov fakultet dekani lavozimida samarali mehnat qildi. 2008 yil sentabr oyidan 2009 may oyiga qadar "Travmatologiya, ortopediya, neyroxirurgiya va harbiy dala jarrohligi" kafedrasi, bolalar travmatologiyasi kursi dotsenti Q.A.Qo'ldashev vaqtincha dekan vazifasida ishladi. 2009 yildan 2013 yilga qadar "Umumiy jarrohlik" kafedrasi professori X.T.Musashayxov fakultet dekani lavozimida ishlab keldi. U bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda fakultet o'quv jarayoniga yangiliklarni joriy qilish, qator tadbirlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo'lgan.

Bundan tashqari, klinik kafedralar Andijon shahrining tez tibbiy yordam ilmiy markazi, tug'ruq komplekslari, shahar va viloyat markaziy kasalxonalari kabi yetakchi davolash muassasalarida ham joylashgan.

Davolash fakultetida 3 ta yo'nalish bo'yicha talabalar taxsil olmoqda: davolash ishi, kasb ta'limi(tibbiy pedagogika) va oliy hamshiralik ishi yo'nalishlaridagi talabalarga professor-o'qituvchilar ta'lim bermoqda.

Fakultet kafedralari:

  • Travmatologiya, ortopediya, neyroxirurgiya, harbiy dala jarrohligi va talofatlar meditsinasi
  • Fakultet, gospital terapiya, xalq tabobati, endokrinologiya va gematologiya
  • Fakultet va gospital jarrohlik, stomatologiya
  • Tillar, pedagogika va psixologiya
  • Harbiy tayyorgarlik, fuqarolik mudofaasi
  • Jismoniy tarbiya va davolash jismoniy tarbiyasi, shifokor nazorati va fizioterapiya
  • Normal fiziologiya, umumiy bioorganik va biologik kimyo
  • Patologik anatomiya, patologik fiziologiya va sud tibbiyoti
  • Ichki kasalliklar propedevtikasi
  • Umumiy jarrohlik, jarrohlik kasalliklari va harbiy dala jarrohligi
  • 1-Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash
  • 2-Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash kafedrasi
  • 6-7-kurs akusherlik va ginekologiya, bolalar va o'smir qizlar ginekologiyasi
  • 6-7-kurs jarrohlik kasalliklari, anesteziologiya-reanimatologiya, tez tibbiy yordam va urologiya

Pediatriya fakulteti 1966 yilning noyabr oyida tashkil etilgan. 1972 yili fakultet Toshkentda O'rta Osiyo meditsina pediatriya instituti ochilganligi sababli berkitilib, 1977 yilda qayta tiklangan. Pediatriya fakultetida birlamchi tibbiyot tizimida faoliyat ko'rsatuvchi umumiy pediatr mutaxassisliklari tayyorlanadi.

Bitiruvchi kafedralarda talabalar zamonaviy tipda qurilgan, barcha shart-sharoitlari mavjud klinik o'quv bazalarida shug'ullanadilar. Bolalar jarroxligi fani viloyat bolalar klinik shifoxonasi va 2-viloyat bolalar klinik shifoxonasida, pediatriya fani viloyat bolalar klinik shifoxonasida, bolalar yuqumli kasalliklari fani viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bazasida joylashgan.

Respublikada yuqori reytinga ega bo'lgan professor-o'qituvchilar Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari sog'liqni saqlash bo'linmalarida aholining sog'lig'ini tiklash va saqlashda katta xissa qo'shib kelmoqdalar.

Fakultet kafedralari:

  • Ijtimoiy gumanitar fanlar
  • Tibbiy biologiya, gistologiya, tibbiy va biologik fizika, informatika, tibbiy texnika va yangi texnologiyalar
  • Bolalar xirurgiyasi va bolalar anestiziologiya-reanimatologiya
  • Bolalar yuqumli kasalliklari, yuqumli kasalliklar va epidemiologiya
  • Klinik radiologiya, onkologiya va ftiziatriya
  • Farmakologiya va klinik farmakologiya
  • Psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya, nevrologiya va bolalar nevrologiyasi
  • Otorinolaringologiya, oftalmologiya
  • Bolalar kasalliklari, neonatologiya va shoshilinch pediatriya
  • Bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya
  • Gospital va poliklinik pediatriya
  • Dermatovenerologiya, mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya
  • Umumiy va ijtimoiy gigiena, sog'liqni saqlash tizimini boshqarish
  • Odam anatomiyasi va OJTA

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 1984 yil 6 iyuldagi 864-raqamli buyrug'iga asosan Andijon Davlat tibbiyot institutida "Vrachlar malakasini oshirish" fakulteti (VMOF) tashkil qilindi. Fakultetga dotsent K.R.Mirzaev dekan etib tayinlandi. Fakultetning asosiy vazifasi Farg'ona vodiysining Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarida faoliyat ko'rsatayotgan tegishli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va sog'liqni saqlash amaliyotiga zamon talabi darajasida nazariy va amaliy yordam ko'rsatishdan iborat.

Fakultetni boshqargan dekanlar: dotsent K.R. Mirzaev (1984-1988), professor T.Z.Jumabaev (1988-1998), dotsent B.E. Begmatov (1998-2000), t.f.d. dotsent K.A.Yusupov (2001-2003), professor X.T.Musashayxov (2003-2005), professor G'.M.Hodjimatov (2005-2008).

Fakultet Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Fakultetning o'quv jarayoni Sog'liqni saqlash vazirligi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.

Vrachlar malakasini oshirish fakulteti O'zbekiston Respublikasida kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimini isloh qilish borasidagi me'yoriy hujjatlar hamda fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga katta ahamiyat bergan holda vrachlar saviyasini jadal ko'tarish muammosini yechish, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish ishlarini amalga oshirmoqda va jahon standartlariga moslashtirishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Hozirgi kunda vrachlar malakasini oshirish fakulteti O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining "O'zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish haqida"gi 14 noyabr, 2006 yildagi 505-sonli buyrug'i, O'zbekiston Respublikasi Fan va o'quv yurtlari Bosh boshqarmasi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining tasdig'i asosida faoliyat yurgizmoqda.

Fakultet kafedralari va ularning yillik o'quv yuklamalari quyidagicha:

  • Terapiya - 6580 soat
  • Pediatriya - 5938 soat
  • Neonatologiya - 3770 soat
  • Xirurgiya - 3965 soat
  • Akusherlik va ginekologiya - 3570 soat
  • Oftalmologiya - 3770 soat
  • Tez tibbiy yordam va anesteziologiya-reanimatologiya - 2530 soat

Ushbu kafedralar zamon talabida jihozlangan yetakchi klinik bazalarda joylashgan, jumladan, "Terapiya" kafedrasi ADTI klinikasining 2-terapiya bo'limida, "Pediatriya" kafedrasi viloyat ko'p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida, Xirurgiya" va "Tez tibbiy yordam, anesteziologiya-reanimatologiya" kafedralari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Andijon filialida, "Akusherlik va ginekologiya" kafedrasi Andijon viloyat perinatal markazida, "Neonatologiya" kafedrasi Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar shifoxonasida, "Oftalmologiya" kafedrasi viloyat ko'z kasalliklari shifoxonasida joylashgan.

Vrachlar malakasini oshirish fakulteti kafedralarida vrachlik diplomini olgandan so'ng magistratura yoki ordinaturani tamomlagan, yoki mutaxassislik bo'yicha ixtisoslashtirish siklida o'qigan hamda olgan mutaxassisligi bo'yicha 3 yil ishlaganlar sog'liqni saqlash boshqarmalarining yo'llanmalari asosida malaka oshiruvchi tinglovchilar uchun sikllar tashkil etiladi.

O'quv jarayonida olgan mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yil ishlagan yoki ushbu mutaxassislik bo'yicha ixtisoslashtirish siklida o'qigan vrachlar uchun umumiy malaka oshirish sikllari, ixtisoslikning tegishli mavzusini qamragan dastur asosida, chuqur nazariy bilim va amaliy tajriba orttirish maqsadidagi mavzuiy malaka oshirish sikllari uyushtirilmoqda.

Mavzuiy malaka oshirish sikllariga shu ixtisoslik bo'yicha internaturani o'tgan yoki qayta tayyorlash siklida o'qigan mutaxassislar, shuningdek, boshqa ixtisosdagi mutaxassislar qabul qilindi; sayyor sikllar viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari bilan ularning talabnomalari asosida tuzilgan shartnomaga ko'ra amalga oshiriladi. Buning uchun viloyatlar so'gliqni saqlash boshqarmalari sayyor siklda o'qiydigan vrachlarning, ko'p bolali ayollarning, markazlarda malaka oshirishga qiynaladigan mutaxassislarning ro'yxatini tuzib, ularni o'qishga jalb qilish uchun buyruq chiqaradilar.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Davolash ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Pediatriya ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Oliy hamshiralik ishi Biologiya
Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ona tili va adabiyoti
3.1

1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 6 4 9 6
Davolash ishi 49 16 71 24
Pediatriya ishi 35 10 80 15
Oliy hamshiralik ishi 16 4 26 4
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 406 100 27.1 10.0
Davolash ishi 1943 334 16.2 8.4
Pediatriya ishi 1747 243 15.2 9.7
Oliy hamshiralik ishi 566 30 13.5 3.8
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2014-2015)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 162.0 142.9 149.2 129.0
Davolash ishi 185.4 166.1 167.2 150.6
Pediatriya ishi 177.6 159.4 162.7 144.0
Oliy hamshiralik ishi 134.0 125.4 110.9 111.3
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Davolash ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Pediatriya ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Oliy hamshiralik ishi Biologiya
Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ona tili va adabiyoti
3.1

1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 6 3 14 7
Davolash ishi 37 8 103 12
Pediatriya ishi 37 8 103 12
Oliy hamshiralik ishi 5 19 6
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 509 154 25.5 15.4
Davolash ishi 1774 242 12.7 12.1
Pediatriya ishi 1738 257 12.4 12.9
Oliy hamshiralik ishi 424 14 17.7 2.3
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2015-2016)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 184.9 176.4 164.4 146.1
Davolash ishi 185.6 179.7 161.3 168.8
Pediatriya ishi 175.3 169.8 155.8 149.9
Oliy hamshiralik ishi 152.2 126.4 69.3
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Davolash ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Pediatriya ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Oliy hamshiralik ishi Biologiya
Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ona tili va adabiyoti
3.1

1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 6 4 9 6
Davolash ishi 32 8 98 12
Pediatriya ishi 36 9 101 14
Oliy hamshiralik ishi 10 5 26 9
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 286 156 19.1 15.6
Davolash ishi 1939 278 14.9 13.9
Pediatriya ishi 2059 260 15.0 11.3
Oliy hamshiralik ishi 542 35 15.1 2.5
Bakalavriat test sinovlarining minimal o'tish ballari
(2016-2017)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 158.2 176.5 137.7 144.5
Davolash ishi 191.9 171.4 168.7 142.8
Pediatriya ishi 184.7 178.1 169.3 136.8
Oliy hamshiralik ishi 134.5 85.8 99.9 68.3
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va test topshiriladigan fanlar majmuasi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi nomi Fanlar Ball
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Davolash ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Davolash ishi (Andijon) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Davolash ishi (Namangan) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Davolash ishi (Farg'ona) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Pediatriya ishi Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Pediatriya ishi (Andijon) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Pediatriya ishi (Namangan) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Pediatriya ishi (Farg'ona) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Tibbiy profilaktika ishi Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Tibbiy profilaktika ishi (Andijon) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Tibbiy profilaktika ishi (Namangan) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Tibbiy profilaktika ishi (Farg'ona) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Stomatologiya (Andijon) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Stomatologiya (Namangan) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Stomatologiya (Farg'ona) Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Farmatsiya (turlari bo'yicha) Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
Oliy hamshiralik ishi Biologiya
Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ona tili va adabiyoti
3.1

1.1
Oliy hamshiralik ishi (Andijon) Biologiya
Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ona tili va adabiyoti
3.1

1.1
Bakalavriat qabul rejasining taqsimlanishi
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Davlat grandi To'lov shartnoma
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish) 7 3 7 3
Davolash ishi 23 12
Davolash ishi (Andijon) 28 9
Davolash ishi (Namangan) 37 8
Davolash ishi (Farg'ona) 42 11
Pediatriya ishi 101 14
Pediatriya ishi (Andijon) 12 3
Pediatriya ishi (Namangan) 8 2
Pediatriya ishi (Farg'ona) 16 4
Tibbiy profilaktika ishi 20 10
Tibbiy profilaktika ishi (Andijon) 7 3
Tibbiy profilaktika ishi (Namangan) 7 3
Tibbiy profilaktika ishi (Farg'ona) 6 4
Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha) 8 2
Stomatologiya (Andijon) 7 3
Stomatologiya (Namangan) 8 2
Stomatologiya (Farg'ona) 7 3
Farmatsiya (turlari bo'yicha) 8 2 22 8
Oliy hamshiralik ishi 10 5
Oliy hamshiralik ishi (Andijon) 10 5
Bakalavriat abituriyentlari soni va 1 o'ringa to'g'ri kelgan tanlov miqdori
(2017-2018)
Ta'lim yo'nalishi Abituriyent Tanlov
O'zb Rus O'zb Rus
Kasb ta'limi (Tibbiy pedagogik ish)
Davolash ishi
Davolash ishi (Andijon)
Davolash ishi (Namangan)
Davolash ishi (Farg'ona)
Pediatriya ishi
Pediatriya ishi (Andijon)
Pediatriya ishi (Namangan)
Pediatriya ishi (Farg'ona)
Tibbiy profilaktika ishi
Tibbiy profilaktika ishi (Andijon)
Tibbiy profilaktika ishi (Namangan)
Tibbiy profilaktika ishi (Farg'ona)
Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha)
Stomatologiya (Andijon)
Stomatologiya (Namangan)
Stomatologiya (Farg'ona)
Farmatsiya (turlari bo'yicha)
Oliy hamshiralik ishi
Oliy hamshiralik ishi (Andijon)

Hozircha 2017-2018 o'quv yili uchun o'tish ballari haqida biror bir ma'lumot yo'q.
Ushbu noqulaylik uchun sizdan uzr so'raymiz

Magistratura mutaxassisliklari
(2015-2016)
Shifr Mutaxassislik
5A510101 Akusherlik va ginekologiya
5A510103 Terapiya (yo'nalishlar bo'yicha)
5A510104 Otorinolaringologiya
5A510105 Kardiologiya
5A510106 Oftalmologiya
5A510107 Yuqumli kasalliklar (yo'nalishlar bo'yicha)
5A510108 Dermatovenerologiya
5A510109 Nevrologiya
5A510110 Umumiy onkologiya
5A510112 Xirurgiya (yo'nalishlar bo'yicha)
5A510113 Tashxisning instrumental va funksional usullari (yo'nalishlar bo'yicha)
5A510114 Neyroxirurgiya
5A510115 Sog'liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog'lig'ini saqlash (yo'nalishlar bo'yicha)
5A510117 Urologiya
5A510118 Morfologiya (yo'nalishlar bo'yicha)
5A510119 Narkologiya
5A510121 Travmatologiya va ortopediya
5A510123 Sud-tibbiyot ekspertizasi
5A510127 Sport tibbiyoti
5A510201 Pediatriya (yo'nalishlar bo'yicha)
5A510202 Bolalar xirurgiyasi
5A510203 Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
5A510204 Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi
5A510205 Bolalar nevrologiyasi
5A510206 Neonatologiya
Magistratura qabul kvotasi
(2015-2016)
Mutaxassislik Davlat grandi To'lov shartnoma
Akusherlik va ginekologiya 1 2
Terapiya (yo'nalishlar bo'yicha) 2 2
Otorinolaringologiya 1 3
Kardiologiya 2 2
Oftalmologiya 1 3
Yuqumli kasalliklar (yo'nalishlar bo'yicha) 2 2
Dermatovenerologiya 1 3
Nevrologiya 2 2
Umumiy onkologiya 2 2
Xirurgiya (yo'nalishlar bo'yicha) 2 2
Tashxisning instrumental va funksional usullari (yo'nalishlar bo'yicha) 1 3
Neyroxirurgiya 1 3
Sog'liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog'lig'ini saqlash (yo'nalishlar bo'yicha) 1 2
Urologiya 2 2
Morfologiya (yo'nalishlar bo'yicha) 1 2
Narkologiya 1 3
Travmatologiya va ortopediya 1 3
Sud-tibbiyot ekspertizasi 2 2
Sport tibbiyoti 1 1
Pediatriya (yo'nalishlar bo'yicha) 2 3
Bolalar xirurgiyasi 2 3
Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi 1 4
Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi 1 4
Bolalar nevrologiyasi 1 4
Neonatologiya 1 3