OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Telefon:
Rasmiy sayti:
E-mail manzili:
Oliygoh haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Maxsus fakulteti" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 13 maydagi 222-13 sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1993 yil 28 maydagi 109 sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etilgan.

Hozirgi kunda fakultetda o'quv ishlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining buyruqlariga, qo'shin xizmati esa O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyruqlari va Qurolli Kuchlar Birlashgan Shtabi boshlig'ining direktivalariga asosan olib borilmoqda.

Fakultetga O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining buyrug'iga binoan o'rta maxsus ma'lumotga ega muddatli harbiy xizmatni o'tagan 25 yoshgacha yoki muddatli harbiy xizmatni o'tamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar qabul qilinadi. Fakultetda o'qish muddati 5 yil.

Maxsus fakultet birinchi va ikkinchi kurs talabalari TATU ning barcha boshqa fakultet talabalari bilan birgalikda o'rnatilgan tartib bo'yicha ta'lim oladilar. Uchinchi kursdan boshlab, talabalar harbiy qasamyod qabul qiladilar va davlat tomonidan bepul ovqat, yashash joyi, maxsus kiyim bilan ta'minlanadilar.

Fakultet kafedralari:

  • Taktik-maxsus va umumqo'shin tayyorgarligi
  • Telekommunikatsiya
  • Radiokommunikatsiya
  • Radioelektron razvedka va kurash
  • Axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari
  • Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo'shinlari
  • Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo'shinlari
  • Kriptografik himoya va maxfiylik rejimi

Fakultet bitiruvchilariga "leytenant" harbiy unvoni berilib, Mudofaa vazirining buyrug'i bo'yicha xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismlarga yo'naltiriladilar. Shuningdek, bitiruvchilarga harbiy mutaxassislikdan tashqari universitet bitiruvchilari oladigan ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha bakalavr diplomi ham taqdim etiladi.

Maxsus fakultet talaba va kursantlarini o'qitish jarayoni "Telekommunikatsiya" va "Radiotexnika" ta'lim yo'nalishidagi besh yillik o'quv dasturi va rejalari asosida quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha olib borilmoqda:

  • Telekommunikatsiya ta'lim yo'nalishi
    • Qo'mondon-muhandislik taktik radiokommunikatsiya tizimlari
    • Qo'mondon-muhandislik taktik telekommunikatsiya tizimlari
    • Qo'mondon-muhandislik taktik axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari
    • Qo'mondon-muhandislik taktik kriptografik himoya va maxfiylik rejimi
  • Radiotexnika ta'lim yo'nalishi
    • Qo'mondon-muhandislik taktik radioelektron razvedka va kurash
    • Qo'mondon-muhandislik taktik havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo'shinlari
    • Qo'mondon-muhandislik taktik havo hujumidan mudofaa zenit raketa qo'shinlari
    • Qo'mondon-muhandislik taktik metrologiya va standartlash

Barcha abiturientlar hujjat topshirish uchun o'zlari yashab turgan joydagi Mudofaa ishlari bo'limiga murojaat qilishlari kerak. Qabul komissiyasining tartibiga asosan hujjat topshirgan barcha abiturientlar dastlab quyidagi nazoratdan o'tishadi:

  • Abiturientlar birinchi navbatda sog'ligi harbiy xizmatga loyiqlarini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tkaziladilar.
  • Tibbiy ko'rikdan sog'ligi harbiy xizmatga loyiq deb topilgan abiturientlar jismoniy tarbiyadan imtihon toshirishadi.
  • So'ngra ruhiy holatlari tekshiriladigan professonal tanlov imtihonlarini topshiradilar.

Davlat test sinov imtihonlari Davlat test markazi xodimlari tomonidan o'tkaziladi.

Oliy harbiy mutaxassisliklar ro'yxati va ularga muvofiq keluvchi test topshiriladigan fanlar majmuasi
Mutaxassislik nomi Fanlar Ball
Qo'mondonlik va muhandislik Matematika (informatika bilan)
Fizika
Ona tili va adabiyoti (18 ta)
Chet tili (18 ta)
3.1
2.1
1.1
1.1