OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Telefon:
0 (371) 265-13-55
Rasmiy sayti:
E-mail manzili:
Oliygoh haqida

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlariga ofitserlar tarkibini tayyorlash bo'yicha asosiy ixtisoslashgan ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Akademiyada ofitserlarni tayyorlash O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari bilan kelishilgan davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

IIV Akademiyasi kunduzgi ta'limining asosiy maqsadi mamlakatimizda jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni ochish va tergov qilish, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta'minlash bo'yicha o'zining kasbiy vazifalarini samarali bajaradigan yuqori malakali ichki ishlar oraganlari mutaxassislarini tayyorlashdir.

Kunduzgi ta'limda to'rtta mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi:

  • Tergov faoliyati
  • Operativ-qidiruv faoliyati
  • Huquqbuzarlik profilaktikasi faoliyati
  • Ekspert-kriminalistika faoliyati

Tinglovchilarni o'qish muddati - 4 yil.

IIV Akademiyasini tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va olgan mutaxassisliklariga bog'liq ravishda maxsus malaka beriladi.

O'qish tugagach bitiruvchilarga ichki ishlar organlariga maxsus unvonlar berish tartibini o'rnatuvchi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi buyrug'i talablariga mos ravishda "leytenant" maxsus unvoni beriladi va ularni o'qishga yo'llagan IIO bo'linmalariga xizmatni o'tash uchun yuboriladilar.

Kunduzgi ta'limga kamida to'liq o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan, o'zining ma'naviy-ishbilarmonlik, kasbiy sifatlariga va sog'lig'i bo'yicha IIOda xizmat o'tash talablariga javob beruvchi 25 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilindi.

Kunduzgi ta'limga qabul sinovlarini o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ofitserlar tarkibini tayyorlash bo'yicha kunduzgi ta'limga qabul qilishda kirish sinovlarini o'tkazish tartib-qoidalariga ko'ra amalga oshiriladi.

Tinglovchilarga ichki ishlar vazirligining Oliy ta'lim muassasalarida o'rnatilgan miqdorda stipendiya tayinlanadi. Akademiyada o'qish davrida tinglovchilar amaldagi me'yoriy Nizomga mos ravishda formali kiyim-kechak, ovqatlanish hamda pul bilan ta'minlanadilar.

Kunduzgi ta'limga kirgan tinglovchilar Akademiya hududidagi kazarmalarda yashaydilar. Tinglovchilarning umumiy tarkibining 5%ni tashkil etuvchi qizlarga ichki ishlar vazirligi Akademiyasini ayollar yotoqxonasida yashash yoki Toshkent shahridagi yashash joyida istiqomat qilish imkoniyati beriladi.

Kunduzgi ta'lim tinglovchilariga O'zbekiston Respublikasida safdorlar tarkibini xizmat o'tash tartibi to'g'risidagi nizomda nazarda tutilgan barcha imtiyozlar vaqtincha beriladi.

Ularning yaxshi yashashlari, doimiy va to'laqonli ovqatlanishlari, dam olish va o'quv mashg'ulotlariga mustaqil tayyorlanishlari uchun Akademiyada yaxshi sharoit yaratilgan.

Oliy harbiy mutaxassisliklar ro'yxati va ularga muvofiq keluvchi test topshiriladigan fanlar majmuasi
Mutaxassislik nomi Fanlar Ball
Ekspert-kriminalistika faoliyati Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1
Huquqbuzarlik profilaktikasi faoliyati Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1
Operativ-qidiruv faoliyati Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1
Tergov faoliyati Tarix
Ona tili va adabiyoti
Chet tili
3.1
2.1
1.1