OLIYGOH.UZ

O'zbekiston oliygohlari

Toshkent yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabi
Idoraviy mansubligi:
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Telefon:
0 (371) 258-78-66
Rasmiy sayti:
E-mail manzili:
Oliygoh haqida

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta'sarrufidagi Yong'in Xavfsizligi Oliy texnik maktabi o'z faoliyati davomida shonli tarixga ega bo'lgan mamlakatimizdagi yagona oliy ta'lim dargohi hisoblanadi.

Mazkur oliy o'quv yurti sobiq Ittifoq IIVning 1978 yil 31 yanvardagi buyrug'i bilan Toshkent shahrida sobiq Ittifoq Ichki ishlar vazirligiga qarashli Yong'indan saqlash oliy texnik muxandisligi maktabi Toshkent "Yong'in texnikasi va xavfsizligi muxandislari fakulteti" sifatida tashkil topdi. Dastlab ushbu fakultet O'rta Osiyo Respublikalari uchun oliy ma'lumotli muxandis mutaxassislarni tayyorlab bera boshladi.

Maktab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 11 avgustdagi 404-sonli Qaroriga asosan qayta tashkil etilib, uning nomi IIV Yong'indan saqlash oliy texnik maktabi (2001 yildan Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabi) deb o'zgartirildi.

1993 yil 30 noyabrda esa O'zbekiston Respublikasi IIVning 430-sonli buyrug'i asosida maktabning Nizomi tasdiqandi. Mustaqillik yillarida maktabda qayta qurish va bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borildi. Uning tarkibiy tuzilishi har jihatdan ixtisoslashib, ta'lim berishning eng zamonaviy texnik jihozlari bilan ta'minlandi. Bugungi kunda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida maktabda o'quv jaryoni tubdan takomillashtirilib Yong'in xafsizligi yo'nalishida tayyorlanayotgan mutaxassislar mamlakatimizda yong'in xafsizligini ta'minlamoqdalar.

Kunduzgi ta'limga kamida to'liq o'rta yoki o'rta maxsus ta'limga ega bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni o'tagan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchi fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibidan 17-25 yoshgacha bo'lgan, bo'yi 170 sm kam bo'lmagan shaxslar qabul qilinadi. Kunduzgi ta'limga nomzodlarni qabul qilish, belgilangan muddatlarda O'zR IIV harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan olingan xulosa, joylardagi maxsus tekshiruvlar hamda Davlat Test Markazi imtihonlari natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.

2005 yildan boshlab maktabda o'qish muddati 5 yil bo'lgan "Yong'in xavfsizligi" mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Mazkur "Yong'in xavfsizligi" mutaxassisligining Davlat ta'lim standarti O'zbekiston Respublikasi "Uzstandart" - standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2013 yil yanvar oyidagi qarori bilan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi IIVning 2013 yil fevral oyida "O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabining "Yong'in xavfsizligi" mutaxassisligi bo'yicha Davlat ta'lim standarti va o'quv rejasini o'quv jarayoniga tadbiq etish haqida"gi buyrug'i bilan amalga kiritilgan.

Davlat ta'lim standarti va o'quv rejasi asosida "Yong'in xavfsizligi" mutaxassisligi o'quv rejalaridagi "Matematik va tabiiy ilmiy fanlar", "Umumkasbiy fanlar", "Ixtisoslik fanlari" va "Qo'shimcha fanlar" bloklarining jami 45 ta fanlaridan namunaviy o'quv dasturlari ishlab chiqilgan. Amaliy idoralarning mutaxassislari, yetuk olimlardan ularga taqrizlar olingan va Maktab uslubiy hamda Ilmiy kengashlarida muhokama o'tkazilgan.

IIV YoXOTMning kunduzgi ta'limida o'qishni hohlagan shaxslar, ariza bilan ularning ma'naviy-ma'rifiy sifatlari, sog'lig'ining holati, umumiy ta'lim darajasi va jismoniy tayyorgarligini aniqlovchi organlarga ya'ni, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIVning hududiy organlariga, viloyat va Transport IIBga, Toshkent shahar IIBBga murojaat qilishlari zarur.

Kirish imtihonlari Davlat Test Markazi tomonidan test shaklida o'tkaziladi.

Abiturientlar o'quv muassasida qaysi tilda (o'zbek, rus va qoraqolpoq) ta'lim olgan bo'lsa, ushbu tilda imtihonlarni topshiradilar. Abiturientlarga o'zbek tilidagi test savollari variantlari kirill yoki lotin alifbosi bo'yicha berilishi mumkin.

Abiturienlar test sinovlari najilalariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi IIV tomonidan o'rnatilgan regional kvotalarga muvofiq YoXOTM kursantlari safiga qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasi IIV YoXOTMga o'qishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari bo'yicha yashash joyidagi ichki ishlar organlarining kadrlar bo'limiga murojaat qilish zarur.

Oliy harbiy mutaxassisliklar ro'yxati va ularga muvofiq keluvchi test topshiriladigan fanlar majmuasi
Mutaxassislik nomi Fanlar Ball
Yong'in xavfsizligi Matematika (informatika bilan)
Kimyo
Ona tili va adabiyoti (18 ta)
Chet tili (18 ta)
3.1
2.1
1.1
1.1