Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2022 Turkish World Youth School: Turkiyada 1 oy davomida to‘liq moliyalashtiriluvchi "Turk dunyosi yoshlar maktabi" dasturida qatnashish imkoniyati

16.05.2022 23:14
2022 Turkish World Youth School: Turkiyada  1 oy davomida to‘liq moliyalashtiriluvchi

Muddati:

27.05.2022

Davlat:

Turkiya

Rasmiy havola:

www.ytb.gov.tr

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Turkish World Youth School: ’’Turk dunyosi yoshlar maktabi’’ Turk dunyosi universitetlari, institutlari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turk tilida olib boriladigan ta’lim dasturi hisoblanadi.

Dastur doirasida o‘z sohasi bo‘yicha malakali akademiklar va ziyolilar ishtirokida 1 oy davomida; tarix, xalqaro aloqalar, sotsiologiya, madaniyat, san’at va shaxsiy rivojlanish kabi ijtimoiy fanlar bo‘yicha turk seminari ta’lim dasturlari o‘tkaziladi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Hozirda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Turkiyada oliy ta’limda tahsil olayotgan yoshlar;
  • Turk dunyosining hozirgi va tarixiy rivojlanishiga qiziqish bildirgan yoshlar;
  • 01.01.1995 yil yoki undan keyin tug‘ilganlar,
  • Turk tilini yaxshi bilish talab etiladi;

Foydali jihatlari:

  • 1 oylik dasturning barcha xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi;
  • Har bir davlatdan 25 nafardan ishtirokchilar qatnashishadi;
  • Professorlardan mahorat darslari olish imkoniyati;
  • Eng muvaffaqiyatli ishtirokchilar Turkiyada tashkil etiladigan “Turk dunyosi yosh liderlar dasturi”da qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatma: Dastur 2022 yil iyun oyida boshlanishi va 1 oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan. Eng muvaffaqiyatli talabalar ishtirok etadigan “Turk dunyosi yosh liderlar dasturi”ning 2022 yilning yozida o‘tkazilishi kutilmoqda. Ushbu havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.