Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

iBook.uz stipendiyasi: final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

16.05.2022 11:23
iBook.uz stipendiyasi: final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida Respublikamizdagi eng yirik kitob do‘konlaridan biri bo‘lgan “iBook.uz” va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi tashabbusi bilan e’lon qilingan talabalar uchun “iBook.uz stipendiyasi” tanlovi davom etmoqda.

24-aprel kuni ushbu tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Stipendiya tanlovining 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan o‘n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2389 nafar (23 va undan ko‘p to‘g‘ri ishlagan) nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi (Natijalarni ko‘rish).

✅ 15-may kuni tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 211 nafar ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi. (Natijalarni ko‘rish)

Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o‘zlarining natijalarini ko‘rishlari hamda tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

Tanlovning final bosqichida kimlar ishtirok etadi?

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, finalda eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu ishtirokchilar uchun tashkilotchilar tomonidan maxsus sms-xabarnoma jo‘natiladi.

Final bosqichi bosqich qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?

Uchinchi bosqich: Ushbu bosqich tanlovning eng asosiy bosqichi bo‘lib, final bosqichiga yo‘llanma olgan nomzodlar "Yuksalish" liderlar akademiyasining Toshkent shahrida joylashgan markazida sinovdan o‘tishadi.

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovining 3-bosqichi 29-may kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bosqichda ishtirokchilar tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan kitoblarning biri asosida taqriz (shaxsiy sharh) yozadilar. Kitoblar ro‘yxati:

Chol va dengiz (Ernest Xeminguey)— Kamon yo‘li (Paulo Koelo)— Asrga tatigulik kun (Chingiz Aytmatov)

Taqrizlar 100 ballik tizimda baholanadi. Taqrizda nomzodlar kitobni to‘liq tahlil qila olishlari kerak. Bunda nomzodarning mustaqil fikrga egaligi, taqrizda yozilgan fikrlarning izchilligi va ravonligi shuningdek xulosaning o‘ziga xosligi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.

Eslatma: Final bosqichiga yo‘llanma olgan nomzodlar finalga kelishdan oldin OLIYGOH.UZ platformasi maxsus imtihon oynasi orqali shaxsiy hujjatlarini taqdim etishlari kerak. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni onlayn ravishda maxsus platforma oynasi orqali taqdim qiladilar:

— shaxsni tasdiqlovchi hujjat;— o‘qish joyidan ma’lumotnoma (my.gov.uz orqali tasdiqlangan yoki dekanat tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma);— CV (ma’lumotnoma).

Tanlov natijalari 2 hafta davomida e’lon qilinadi.

Umumiy natijalar maxsus komissiya qaroriga asosan aniqlanadi. Tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan, tanlov sovrindori bo‘lgan talabalar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Maxsus komissiya

Tanlovning maxsus komissiyasi "iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i mutaxassislari, "Yuksalish" liderlar akademiyasining malakali ustozlari va OLIYGOH.UZ jamoasi a’zolaridan tarkib topgan. Tanlovni tashkil etish, o‘tkazish va taqdirlash marosimlari maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Taqdirlash marosimi

Stipendiya tanlovi g‘oliblari "iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

Tanlovning umumiy yo‘riqnomasi bilan mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: Tanlov nizomi.

— Ma’lumot uchun:

1. Stipendiya tanloviga 52 mingdan ziyod talabalar ro‘yxatdan o‘tdi;2. Tanlovning 1-bosqichida 15 mingga yaqin talaba ishtirok etdi;3. 2-bosqichga 2389 nafar nomzod yo‘llanma oldi;4. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 211 nafar nomzod final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tanlov tashkilotchilari barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun,"iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i Respublikamizda faoliyat yuritayotgan eng yirik kitob do‘konlaridan biri bo‘lib, hozirda kitobxon yurtdoshlarimizga mingdan ortiq turdagi kitoblarni yetkazib bermoqda. Bu yerga tashrif buyurgan kitobxonlar nafaqat kitoblar sotib olishi mumkin, balkim xohlagan kitobni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, "iBook.uz" da kitobxonlar uchun maxsus "Book-cafe" tashkil etilgan bo‘lib, nafaqat issiq choy yoki kofe ichishingiz balki bir piyola choy ustida suhbat qurishingiz, turli g‘oya va rejalaringizni muhokama qilishingiz ham mumkin bo‘ladi. Eng muhimi, bu yerda barcha kitoblar Respublika bo‘yicha eng arzon, hamyonbop va chegirmaviy narxlarda taqdim qilinadi. Bu yerga tashrif buyurgan kitobxonlar istalgan turdagi kitoblarni topish imkoniyatiga egadir. Shuningdek, doimiy tarzda ko‘plab tanlovlar, kitobxonlar bilan davra suhbatlari, turli muhokamalar o‘tkazilib turiladi.

Sizni ham "iBook.uz" ga taklif qilamiz :)

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumanida (Shuxrat chorrahasi) joylashgan (Google map).

Online murojaat: @iBook_Uzbekistan