Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

The best essay 2022 tanlovining final bosqichi natijalari e’lon qilindi

7.06.2022 19:13
The best essay 2022 tanlovining final bosqichi natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, Registon ta’lim loyihasi Respublika miqyosida “The best essay 2022” tanlovini e’lon qilgan edi. Tanlov Respublika miqyosida 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar 1 oy davomida 3 bosqichdan iborat bo‘lgan imtihon tizimida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi

Tanlovining 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan 3 mingdan ziyod IELTS 6+ yoki B2+ sertifikatiga ega iqtidorli yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 406 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan 105 nafar ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi (Natijalarni ko‘rish)

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, 3-bosqich (final) bosqichi eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqichda nomzodlar tanlov nizomida ko‘rsatilgan tartibda maxsus kuzatuv xonalarida esse yozib topshirdilar. Tanlovning maxsus komissiyasi ushbu hujjatlarni 2 ish haftasi davomida tekshiruvdan o‘tkazishdi.

Komissiya tarkibi:

Rais:

Komissiya a’zolari:

  • 10 kishidan tarkib topgan xalqaro toifadagi Registon o‘quv markazining professional ustozlari;
  • Isaxonov Ja’farxon OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, Navoiy Davlat stipendiyasi sovrindori, Respublika ilmiy tadqiqotlar stipendianti, ko‘plab davlat va xalqaro grantlar finalisti;
  • Tolibjonov Botirjon — Registon ta’lim loyihasi "HR bo‘limi" direktori, ijtimoiy loyihalar koordinatori;
  • Hamidjonov Shavkat OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, xalqaro CDAC, ACTS grantlari sovrindori, ko‘plab xalqaro darajada startuplar asoschisi.

Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlarning final bosqichi natijalari 90 ballik baholash tizimida tekshirildi va quyidagicha baholandi:

1Valida Saidova812Gulhayo Toshkuziyeva803Sevara Yusupova 784Mukhlisakhon Ergasheva755Topvoldieva Dilbarkhon756Eshpo‘latova Sevinch747Gulkhayo Toshkhujayeva748Shakhzoda Jonkhurazova719Khasanov Komil7110Andirbaeva Navbakhar7111Nabiullaeva Khurshidakhon7012Raimjonov G‘iyosiddin7013Ne’matov Murodjon Umidjon o‘g‘li7014Javokhir Chuliyev7015Shakhodat Omonova7016Ibodullayeva Shaxzoda7017Mamajonova Mahzuna7018Ozodakhon Izzatillaeva6919Vohidova Mohinur6920Mirzabekov Otabek6921Abdurasulova Maftuna6922Sultonov Eldor6823Bobomurodova Shakhnozabonu6824Urinova Urazgul6825Turaxodjayeva Mashxura6826Chorshanbiyev MuxammadAli6727Azizbek Urolov6728Davlatbek Kholmuminov6729Isomiddinov Husan6730Temurov Farrux6731Ermatova Marjona Murtoza qizi6732Panoyev MuxammadAli6733Obidova Sabrina Alisherovna6734Shokhjakhon Shaymuradov6735Khalimjonova Marjona6636Ubaydullaeva Malika Barlikbaevna6637Abdukarimov Ilhom Abdulmalik o‘g‘li6638Maxammadjonova Shahnoza6539Bekhruz6540Ibadullayeva Barchinoy6541Turaeva Mehrinigor6542Kholkhujaev Sanjar6543Olimova Muslima6544Karshiev Ramziddin6545Abdurakhmonova Durdonakhon6546Murodova Marjona6547Ne’matova Muxlisa6448Safarov Jonibek6449Eshboyeva Feruza6450Shakhzodbek Jobborov6351Erkinova Xadichabegim6352Jabborov Shakhzodbek6353Islomov Timur6354Siddikova Farangiz6255Xolbekov Azamat6256Toshpo‘latova Ruxsora Nizomiddin qizi6257Jumanova Marjona6258Boltaeva Gulrukh6059Rakhimova Mino6060Dehqonova Durdonaxon6061Samadov Ziyoviddin6062Meliyev Javohir6063Maftuna Sadriddinova6064Mohinur Safarova5965Yuldasheva Gulzoda5866Narimonov Shakhrukh5867Akhmedov Javokhir5768Bobonazarov Alisher5769Haqberdiyev Elbek5770Umarova Marjona5571Shahlo Muminov5572Sotvoldieva Malikabonu5573Rashidova Nilufar5574Yo‘ldoshev Shohrux5575Hakimova Gulhida5576Panjiyev Muhammad5377Vohidjon Jo‘raqo‘ziyev5078Anaxon Narimonova5079Jonibek Yakubov4780Pirnazarova Shakhnoza Baxadir qizi40

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash:

Tanlov g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazining maxsus tadbirlar zalida “The best essay" tanlovining maxsus guvohnomasi, noutbuk, zamonaviy planshet, qimmatbaho sovg‘alar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

• 1-o‘rin g‘olibi: Zamonaviy noutbuk, “The best essay" tanlovining maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar.

• 2-o‘rin g‘olibi: Zamonaviy planshet, “The best essay" tanlovining maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar.

• 3-o‘rin g‘olibi: Samsung A21 mobil telefoni, “The best essay" tanlovining maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan boshqa final ishtirokchilari ham esdalik sovg‘alar va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o‘zlarining natijalarini ko‘rishlari hamda tanlovning maxsus QR-kodli sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

Taqdirlash marosimi bo‘yicha tanlov tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga maxsus sms-xabarnoma yuboriladi.

“REGISTON” o‘quv markazi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha g‘oliblarini tabriklaydi!

Eslatma: Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar 8-iyun soat 14:00 dan 18:00 ga qadar apellyatsiya arizasi yozishlari mumkin. Ariza Registan Academy binosida markazning menejerlari tomonidan yozma ravishda qabul qilinib olinadi. Uch ish kunida arizaga rasmiy javob qaytariladi.

✅ Ma’lumot uchun:

1. Tanlovga 3021 nafar IELTS 6+ yoki B2+ sertifikatiga ega iqtidorli yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi;2. Tanlovning 1-bosqichida 891 nafar nomzod ishtirok etdi;3. Yuqori natija ko‘rsatgan 406 nafar nomzod 2-bosqichga yo‘llanma oldi;4. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 105 nafar nomzod final bosqichiga yo‘llanma oldi.

© Hurmat bilan, Oliygoh.uz ma’muriyati