Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!

13-iyul 12:30
Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadi.

Hozirda mazkur ma’lumotlar asosida Davlat test markazi tomonidan sertifikatlarning haqiqiyligi tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

- Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

- Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

- Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

Bunda, sertifikati tasdiqlanmagan abituriyentlarda, sertifikat nima uchun tasdiqlanmaganligining sababi ham keltiriladi.

Hozirgi kunga qadar Davlat test markazi tomonidan 6 000 dan ziyod sertifikatlar tekshirildi va 450 dan ortiq sertifikatlar talabga javob bermasligi aniqlandi.

⚠️ Tekshirish jarayonida qalbaki sertifikatlar ham aniqlanayotgan bo‘lib, sertifikatlarni qalbakilashtirgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va ularga qonunda belgilangan chora ko‘riladi.

Sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt olishini inobatga olgan holda, chet tili sertifikatiga ega abituriyentlardan sertifikatlarini 18-iyulga qadar kiritishlarini so‘raymiz, deya xabar bermoqda DTM matbuot xizmati.