Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Harbiy yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyent yana 5ta yo‘nalishni tanlash imkoniga ega

06-iyul 18:00
454
Harbiy yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyent yana 5ta yo‘nalishni tanlash imkoniga ega

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari ham respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov AOKAdagi brifingda ma’lum qilishicha, oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlarda qo‘shimcha 5ta yo‘nalishni tanlash imkoniyati bor. Umumiy tarzda esa abituriyent 6ta yo‘nalishni tanlashi mumkin.

«Hujjatlar qabul qilingach, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari ham respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi», dedi Diyorbek Qo‘chqorov.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun beriladigan tavsiyanomasi mavjud abituriyentlarda hujjat topshirishda imtiyoz borligi haqida ma’lumot ko‘rinmasa, tavsiyanoma bergan vazirlik yoki idora bilan bog‘lanish talab etiladi.

«Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojizlar, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi yoki chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda imtiyozlarini o‘zlari kiritadi.

Agar abituriyentda boshqa turdagi imtiyozlar bo‘lsa, bu imtiyozlar tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi. Ro‘yxatdan o‘tayotganda imtiyoz mavjud emas, degan ma’lumot ko‘rinsa, unda abituriyent tavsiyanoma bergan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi kerak bo‘ladi», dedi DTM rasmiysi.