Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Isitmasi bor abituriyentlar testga kiritilmaydi. Ulardan qachon imtihon olinadi?

07-iyul 14:00
575
Isitmasi bor abituriyentlar testga kiritilmaydi. Ulardan qachon imtihon olinadi?

2020/21 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan kirish imtihoni kunida abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lsa, imtihonga kiritilmaydi. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, to‘rtinchi kuni shunday abituriyentlar uchun imtihon o‘tkaziladi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida test sinovlari jarayonida abituriyentlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududga kiritishda tana harorati 37 darajadan yuqoriligi aniqlangan abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi hamda Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi mas’ul xodimlari va Davlat test markazi vakili ishtirokida dalolatnoma tuzib, tibbiy tekshiruv o‘tkaziladi.

Mazkur tartib Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni bilan belgilanmoqda.

«Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligining tibbiy tekshiruvidan o‘tkazilgan va koronavirus kasalligi aniqlanmagan abituriyentlar uchun respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng to‘rtinchi kuni test sinovlari o‘tkaziladi.

SES taqdim etgan xulosa asosida test sinovlariga tana harorati yuqoriligi sababli kiritilmagan abituriyentlar DTM tomonidan test sinovi o‘tkazilishidan kamida bir kun oldin (shaxsiy kabinetiga hamda telefoniga xabar yuborish orqali) ogohlantiriladi.

Test sinovlari yakunlangandan 4 kun o‘tgach o‘tkaziladigan imtihonlarda ham abituriyentda tana haroratining yuqoriligi aniqlansa, u imtihonda ishtirok eta olmaydi», deyiladi brifing axborotnomasida.