Kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi
08-oktabr 18:28

Kollej va texnikumlarga abituriyentlar hujjatlarini onlayn qabul qilish muddati 2020 yil 20 oktyabrga (20 oktabr kuni ham) qadar uzaytirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, bu ko‘p sonli ota-onalar, yoshlar, xususan joriy yilda OTMlarga o‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarning kollej va texnikumlarda ta’lim olish imkoniyatini yaratish maqsadida qilindi.
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirildi.
Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali qo‘yidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- elektron ariza;
- pasport (elektron) nusxasi;
- umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
- 3x4 fotosurat.
Qayd etilishicha, yuridik texnikumlar bundan mustasno.
Teglar
Xabarni ulashing
O‘xshash xabarlar
Toshkentda «Diplomat university» nomli universitet ochiladi.
24-fevral 20:42
Toshkent viloyatida yangi universitet tashkil etiladi
15-fevral 14:21
Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universiteti ochiladi
13-fevral 13:50