Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Tarix va chet tili fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?

01-iyun 16:41
121
Tarix va chet tili fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.

Jumladan, tarix va chet tili fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

  • Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)
  • Xalqaro munosabatlar
  • Siyosatshunoslik
  • Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Yurisprudensiya (Islom huquqi)
  • Davlat va jamiyat boshqaruvi
  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)