Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi

Xalqaro (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqa) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun qanday imtiyozlar bor?

27-may 23:35
Xalqaro (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqa) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun qanday imtiyozlar bor?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) (keyingi o‘rinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan, TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

- ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
- yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
- nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
- fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
- boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

  • 2019 yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanishi belgilangan.

Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) sertifikatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.