Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Marg‘ilonda turk univeristeti filiali ochiladi

07-iyul 13:33
Marg‘ilonda turk univeristeti filiali ochiladi

Marg‘ilon shahrida Turkiyaning Bursa Uludag‘ univeristeti filiali ochiladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Turkiya Respublikasining Bursa viloyati hokimligi, Bursa Uludag‘ universiteti prorektori, Bursa savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirokida onlayn videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Dunyo agentligi.

Har tomonlama aloqalarni rivojlantirish maqsadida Bursa savdo-sanoat palatasi hamda Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bilan yaqin kunlarda onlayn videokonferensiya tashkil qilish, viloyatlarimiz rahbarlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan videokonferensiya o‘tkazilishi ham rejalashtirilib olindi.

Marg‘ilon shahrida Bursa Uludag‘ universitetining tekstil muhandisligi, pillachilik sanoati, ipak qurti zoti duragaylarini yaratish, to‘qimachilik marketingi, dizaynerlik va savdosi yo‘nalishlari bo‘yicha filialini ochish yuzasidan elektron bitim imzolandi.