Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

AQSh: bakalavr kurslarida o‘qish uchun 105 ming AQSh dollar stipendiya

22-iyun 22:22
192
AQSh: bakalavr kurslarida o‘qish uchun 105 ming AQSh dollar stipendiya

Muddati:

01.11.2020

Davlat:

AQSH

Ta'lim shakli:

Bakalavriatura

Rasmiy havola:

udayton.edu

AQShda joylashgan Dayton universiteti 2021-yil bahorgi semestrda boshlanadigan bakalavr kurslari va shu kurslar uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o‘qishni xohlovchilar uchun

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 4 yillik o‘qish to‘lovini qoplab berish uchun umumiy qiymati 105390 AQSh dollariga teng grant ajratiladi. O‘qish to‘lovi haqida (“cost” bo‘limiga qarang)

Talablar:

  1. Nomzod maktab, litsey yoki kollejni tamomlagan, baholari yuqori bo‘lishi kerak. Grantlar eng yuqori baholarga ega nomzodlarga belgilanadi.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va (qaysi yo‘nalishga hujjat topshirilishidan kelib chiqib) kamida TOEFL 70-80 yoki IELTS 6.0-6.5 sertifikatlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Batafsil
  3. Ba’zi kurslarda qabul uchun mahsus talablar bo‘lishi mumkin. O‘zingizni qiziqtirgan kurs ma’lumotlari bilan batafsil tanishib chiqishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Avval bakalavr kursiga hujjat topshirish kerak. Hujjatlar bu yerda 2020-yil 1-noyabrga qadar topshiriladi.

Bakalavr kursiga ariza berishda topshirilgan hujjatlarning asl yoki rasmiy nusxalari pochta orqali universitetga yuborilishi kerak. COVID-19 sababli, hozircha hujjatlarning elektron nusxalarini [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza va insho;
  • Tavsiyanoma;
  • Maktab, litsey yoki kollej shahodatnomasi yoki diplomi va baholar (rasmiy nusxasi);
  • Ingliz tili testi sertifikati;
  • “Letter of financial support” va “bank statement” – nomzodning moliyaviy holatini tasdiqlovchi hujjatlar. Bu yerda hujjat topshirish jarayoniga oid ba’zi videolarni topishingiz mumkin. Ariza topshirgach, bu yerda arizangiz holatini tekshirib borishingiz mumkin. Masalan, qaysi hujjatlar topshirdingiz, yana qaysilarini endi topshirish kerak, qanday ma’lumotlar kiritilgan, va shu kabilarni kuzatishingiz mumkin.
  1. Bakalavr kursiga hujjat topshirilgach, grantga ariza beriladi. Arizalarni 2020-yil 1-noyabrga qadar bu yerda topshirish mumkin.

Ma’lumot uchun [email protected] elektron manziliga xabar yo‘llang.