Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

AQSH: Bakalavriat bosqichi uchun toʻliq grant; bepul turar joy, tibbiy sugʻurta va oʻquv qurollar; stipendiya – 2 500 AQSh dollar!

11-iyul 14:53
1389
AQSH: Bakalavriat bosqichi uchun toʻliq grant; bepul turar joy, tibbiy sugʻurta va oʻquv qurollar; stipendiya – 2 500 AQSh dollar!

Muddati:

15.11.2020

Davlat:

AQSH

Ta'lim shakli:

Bakalavriatura

Rasmiy havola:

international.iupui.edu

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2020-2021-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Bepko Scholars Program (Full tuition and fees) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Honors College bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi.

Grantning manfaatli jihatlari:
Indiana University and Purdue University (IUPUI) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2020-21-oʻquv yili uchun taxminan 31 278 USD.

Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa talaba bir yilga 46 302 USD mablagʻ sarflaydi.

Batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn 2020-yil 15-noyabrgacha.

Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda beriladi.

Oʻqishga kirishga topshiriladigan barcha hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan.

Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Grantga hujjat topshirish haqida esa: shu yerdan ma’lumot oling.

Maʻlumot uchun: [email protected]