Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Avstraliya: David Myers Research Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

09-iyul 13:54
234
Avstraliya: David Myers Research Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Muddati:

30.09.2020

Davlat:

Avstraliya

Ta'lim shakli:

Magistratura

Rasmiy havola:

www.latrobe.edu.au

Avstraliyada joylashgan La Trobe Universiteti magistratura va doktorantura kurslarida o‘qish uchun beriladigan David Myers Research Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grantlar shu universitetdagi tadqiqot bo‘yicha magistratura (research master) va PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi.

Grant taqdim etilgan talabaga o‘quv qurollari va kontrakt to‘lovini to‘lash maqsadida sarflash uchun 8000 Avstraliya dollari (taxminan 5556 AQSh dollari) miqdorida grant beriladi.

Magistratura kurslarining har birida qabul uchun alohida ichki talablar bo‘lishi mumkin. O‘qishga qabul qilinish va grantni yutish uchun qo‘yiladigan boshqa barcha talablarni bu yerdagi ro‘yxatga kiritilgan kurslar ichidan o‘zingizga keraklisini tanlab bilib oling.

David Myers Research Scholarship grantini yutish uchun alohida ariza topshirish shart emas. Magistratura yoki doktorantura kurslariga hujjat topshirsangiz kifoya. Agar o‘qishga qabul qilinsangiz va ko‘rsatkichlaringiz boshqa talabalarnikidan yuqori bo‘lib chiqsa, sizga grant belgilanadi.

Arizalar 2020-yil 30-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Grantni yutib olish uchun La Trobe universiteti PhD yoki Research Master kurslariga ariza tayyorlash zarur.

Ariza shakli to‘ldirilib, La Trobe universitetida faoliyat olib boruvchi ilmiy rahbar bilan kelishilgach, arizangizni grs@latrobe.edu.au elektron manziliga yuboring.

Bunda David Myers grantiga ham hujjat topshirish istagida ekanligingizni ham qayd eting. Hujjatlar 2020-yil 30-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun grs@latrobe.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.