Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

"F-1" talaba vizasi nima va uni ololmaslikning 10 ta sababi

29-iyun 14:26

AQShda o‘qish istagiga ega bo‘lgan hamma ham bu niyatiga yeta olmaydi. Chunki AQShda o‘qish huquqini beruvchi "F-1" talaba vizasini olish oson emas. Ayniqsa, O‘zbekistondan AQShga "F-1" vizasini olish yildan yilga qiyinlashib borayotgani haqida ko‘p eshityapmiz.

Talaba vizasini ololmaslikning asosiy sabablari nima? Odatda, qanday sabablar AQSh elchixonasi tomonidan F-1 vizasi uchun topshirilgan anketaning rad qilinishiga sabab bo‘ladi?

Happy Schools Blog yaqinda shu haqda ma’lumotlar ulashdi. Unda talaba vizasini ololmagan 100 dan ortiq inson bilan qilingan suhbat asosida AQShdagi universitetlarga F-1 vizasini ololmaslikning eng ko‘p uchraydigan 10 sababi haqida hikoya qilingan. Ushbu sabablarni quyida bittama bitta sanab o‘tsak:

1. Ingliz tilini yaxshi bilmaslik;
2. GRE balining pastligi;
3. TOEFL/IELTS balining pastligi;
4. Akademik ko‘rsatkichlarning pastligi;
5. Ayrim kurs va imtihonlardan yiqilganlik;
6. TOEFL bali yuqori bo‘laturib GRE balining pastligi (TOEFL bali soxta bo‘lishi mumkin);
7. Suhbatda savollarga to‘liq javob bermaslik;
8. Soxta hujjatlar (moliyaviy va bank qog‘ozlari, baholar, diplom va ballarning soxtalashtirilishi);
9. O‘ziga ishonchsizlik;
10. Suhbatda aldashga harakat qilish.

Demak, viza ololmaslikning asosiy sababi ingliz tilini yaxshi bilmaslik ekan. Bu til o‘rganish uchun ketayotgan talabalarga taalluqli emas. Chunki ular hali TOEFL yoki IELTS topshirmagan bo‘ladi. Bunday talabalar keyingi sabablarga e’tibor qaratishi kerak.

Xullas, ingliz tili ko‘rsatkichlaringiz juda yaxshi bo‘lsa va o‘qish ahdida qat’iy ekaningizni ko‘rsata olsangiz, viza olish imkoniyatingiz oshadi.

O‘zbekistonda ham F-1 vizasini ololmaslikning asosiy sabablari faqat shular yoki shu tartibda bo‘ladi, deb aytish qiyin. Turli davlatlarda vaziyat turlicha bo‘lishi mumkin.