Italiya: Doktorantura bosqichida o‘qish uchun qiymati taxminan 62 000 AQSh dollarlik to‘liq grant

10-iyun 05:16
Italiya: Doktorantura bosqichida o‘qish uchun qiymati taxminan 62 000  AQSh dollarlik to‘liq grant

Muddati:

30.06.2021

Davlat:

Italiya

Rasmiy havola:

www.unibz.it

Grant turi:

Doktorantura

Universitet va grant dasturi haqida:

Bozen universiteti Italiyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, QS Global Rankings 2021-yil reytingida 601-o‘rinni egallaydi. Bozen universiteti - bu yuqori darajadagi baynalmilallashtirilgan va mukammal imkoniyatlari bilan kafolatlangan ideal o‘quv muhitiga ega bo‘lgan o‘quv instituti. Bu aniq ta’lim yo‘nalishlariga e’tibor qaratadigan va o‘z talabalariga eng yaxshi ta’lim va tarbiya beradigan o‘ziga xos universitet.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi doktorantura bosqichida o‘qish niyatida bo‘lgan xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grant dasturining tafsilotlari:

  • Kimlar uchun:
    • doktorantura bosqichida o‘qish istagida bo‘lgan barcha milliy va xorijiy talabalar uchun;
  • Qaysi o‘quv dastrulari uchun:
    • Computer Science, Management and Economics, Economics and Finance, Linguistics, General Pedagogy, Social Pedagogy, General and Disciplinary Didactics, Advanced Systems Engineering, Food Engineering, and Biotechnology, Mountain Environment and Agriculture, and Sustainable Energies and Technology are eligible to apply for.
  • Grant dasturining asosiy talabi:
    • Grant dasturiga nomzodlik qila olish uchun talabalar doktorantura bosqichi uchun yuqorida nomlari keltirilgan dasturlarning biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishlari kerak.

Ariza topshirish jarayoni:

Nomzodlar avvalo BU YERDAN o‘zlari uchun ma’qul dasturning doktorantura bosqichida o‘qish uchun universitetga onlayn ariza yuboradilar. O‘qishga qabul qilingan nomzodlar esa grant dasturi uchun ham nomzod sifatida baholanadi.

Dasturning manfaatli tomonlari:

Ko‘pgina doktorantura dasturlari uchun universitet yiliga 17000 yevro (uch yil davomida umumiy 51 000 yevro - taxminan 62 000 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratadi (soliqni hisobga olgan holda). Chet elga tadqiqot safarlari oilsh istagida bo‘lgan talabalar uchun mablag‘ yana 50 foizgacha ko‘payishi mumkin. Boshqa tadqiqot faoliyati (konferentsiyalar, ilmiy sayohatlar, yozgi maktablar va boshqalar) alohida ajratilgan sayyohlik burslari orqali moliyalashtiriladi.

Batafsil bu yerda