Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida bakalavr o‘qish uchun grant

29-noyabr 01:26
Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida bakalavr o‘qish uchun grant

Muddati:

12.01.2021

Ta'lim shakli:

Bakalavriatura

Rasmiy havola:

uscaef.org

US-CAEF grant dasturiga ariza topshiring va Markaziy Osiyoning yangi yetakchi tadbirkoriga aylaning. Ushbu grant Markaziy Osiyodagi Amerika Universitetida biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, dasturlash muhandisligi, amaliy matematika va informatika bo‘yicha to‘rt yillik bakalavriat bosqichidagi ta’lim uchun moliyaviy yordamni o‘z ichiga oladi.

🎓 US-CAEF grant dasturi qatnashchilarni turar joy bilan ta’minlaydi, shuningdek, borish-qaytish yo‘l xarajatlarini butunlay qoplaydi. Bizning talabalar, yuqoridagi imtiyozlar bilan bir qatorda, oylik stipendiya ham olishadi.

Grant g‘oliblari darslardagi tajribalariga qo‘shimcha ravishda kasbiy rivojlanish, jumladan, treninglar, mahalliy va xalqaro malaka oshirish seminarlarida qatnashib, ko‘plab tanish va do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tanlovda dastur mezonlariga javob beradigan quyidagi shaxslar ishtirok etishlari mumkin:

- O‘zbekiston fuqarolari;
- Maktab yoki litsey/kollej bitiruvchilari;
- Yuqoridagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha ta’lim olishga qiziqadiganlar;
- Moliyaviy yordamga muhtoj o‘quvchilar;
- AQSh-CAEF va Amerika Kengashlari xodimlari bilan bog‘liq bo‘lmaganlar;
- Ingliz tilini yaxshi biladiganlar (TOEFL/IELTS testiga ega bo‘lmaganlardan imtihon olinadi);

Dastur AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladi va Xalqaro Ta’lim uchun Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladi.

🔗Ariza topshirish uchun manzil:

Oxirgi muddat: 2021-yil 11-yanvar