Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Xitoy: "Schvarzman Scholarship" xalqaro stipendiya dasturi

16-iyul 16:42
302
Xitoy:

Muddati:

22.09.2020

Davlat:

Xitoy

Ta'lim shakli:

Bakalavriatura

"Schvarzman Scholarship" xalqaro stipendiya dasturi

Qayerga? sinxua universiteti (Singhua University), Pekin, Xitoy
Kim uchun? 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan talabalar yoki bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar
Muddat: 2020-yil 22-sentabr

Ushbu har yillik stipendiya 2016-yilda amerikalik moliyachi Stiven Shvarsman tomonidan yo‘lga qo‘yilgan va barcha xarajatlarni qoplaydi.

Dastur maqsadi: Xitoy va boshqa davlatlar orasida o‘zaro hamjihatlik ko‘prigi bo‘luvchi biznes, siyosat, fuqarolik jamiyati yetakchilarini yetishtirish.

Nomzodlar 2 bosqichdan o‘tishlari lozim: onlayn ariza topshirish va bevosita suhbat. Shu bilan birga ular ingliz tilini mukammal bilishlari va o‘z akademik tadqiqotlari yuqori darajada bo‘lishi lozim.

Stipendiya quyidagilarni qoplaydi:
- ta’lim to‘lovi;
- yashash va ovqatlanish;
- pekinga borish va qaytish;
- zarur darsliklar va materiallar;
- Lenovo noutbuki;
- tibbiy sug‘urta;
- shaxsiy ehtiyojlar uchun $4 000 miqdorida stipendiya.

Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

Ariza topshirish manzili