2021-2022 o‘quv yili test sinovlarida katta o‘zgarishlar kutilmoqda

29-yanvar 01:10
2021-2022 o‘quv yili test sinovlarida katta o‘zgarishlar kutilmoqda

2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

O‘zA muxbiri Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbatlashdi. Unda Majid Karimov yangi o‘quv yili uchun qabul jarayoniga mo‘ljallangan yangiliklar haqida so‘zlab o‘tgan:

➖ "Avvalo, 2021-2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi bo‘lsa ham, o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan:

birinchidan, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish, bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi." - deya ta’kidlab o‘tgan Majid Karimov.

DTM raxbari aynan shu yangilikni quyidagicha izohlagan:

➖ "Ha, buning ham o‘ziga xos talablari bor. Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018-yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020-yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi."