Kanada: Alberta universiteti tomonidan bakalavr bosqichi kurslari uchun grantlar

29-mart 19:08
Kanada: Alberta universiteti tomonidan bakalavr bosqichi kurslari uchun grantlar

Davlat:

Kanada

Rasmiy havola:

www.ualberta.ca

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

Alberta universiteti (U of A yoki UAlberta) - KanadaningEdmonton shahri Alberta hududida joylashgan davlat-tadqiqot universiteti. U 1908 yilda tashkil etilgan. THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingida #131-o‘rinni egallaydi.

See the source image

Universitet tomonidan bakalavr bosqichida o‘qish niyatida bo‘lgan a’lochi xalqaro talabalar uchun quyidagi grantlar taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda:

  • Entrance Scholarships (har bir hujjat topshirgan talaba nomzodi to‘g‘ridan-to‘g‘i ko‘rib chiqiladi) - Ushbu grant bakalavriatura va magistratura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan talabalar uchun taqdim etiladi;
  • International Student Scholarships: Value: bakalavriatura kurslaridan birida o‘qish uchun talabalik vizasini qo‘lga kiritgan talabalar uchun 9,000 AQSh dollari miqdorida taqdim etiladi;
  • University of Alberta Gold Standard Scholarship: Value: Har bir fakultetdagi talabalarning eng a’lochi 5 foizi qabulning o‘rtacha qiymatiga qarab 6,000 AQSh dollarigacha miqdorda taqdim etiladi;
  • University of Alberta Master’s Entrance Scholarship: Stipend: A’lochi mahalliy va xalqaro talabalarga universitetning magistratura bosqichlaridan birida ta’lim olishlari uchun 17,500 AQSh dollari miqdorida taqdim etiladi (xalqaro talabalarga o‘qish pulini to‘lay olishlari uchun qo‘shimcha 10,000 AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha stipendiya berilishi ham mumkin);

Universitetning shu kabi grantlari va ularning talablari bilan ushbu havola orqali to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.

Alberta universiteti taqdim etadigan kurslarga hujjat topshirish uchun esa ushbu havola orqali rasmiy saytga tashrif buyuring.

Batafsil bu yerda