UNICEF: Talabalar uchun to‘liq moliyalashtirilgan va stipendiya to‘lanadigan 6-26 haftalik amaliyot dasturi

05-aprel 21:19
UNICEF: Talabalar uchun to‘liq moliyalashtirilgan va stipendiya to‘lanadigan  6-26 haftalik amaliyot dasturi

Rasmiy havola:

www.unicef.org

Dastur haqida qisqacha:

UNICEF xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ushbu amaliyot dasturi butun dunyo talabalari uchun ochiqdir. Dastur ayni vaqtda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlaridan birida ta’lim olayotgan yoki ularni tamomlaganiga 2 yildan oshmagan xalqaro talabalar uchun tajriba almashish imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi.

Dastur uchun kimlar ariza bera oladilar?

Nomzodlar yosh bitiruvchilar amaliyot dasturi loyihasiga ariza bera olishlari uchun quyidagi muvofiqlik mezonlariga to‘g‘ri kelishlari talab qilinadi:

  • Nomzodlar har qanday istalgan davlatning bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari bo‘lishi yoki shu dasturlardan birining bitiruvchisi bo‘lishi kerak;
  • Bakalavriat, magistratura yoki doktorantura dasturiga o‘qishga kirgan yoki so‘nggi ikki yil ichida bitirgan bo‘lishi kerak;
  • UNICEF tashkilotining rasmiy faoliyat tillari bo‘lgan - ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan kamida bittasini yaxshi bilishi kerak;
  • So‘nggi universitet/ta’lim ma’lumotlarida mukammal akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari kerak;
  • Nomzodlar 18 yoshdan kichik bo‘lmasliklari kerak.

Dasturning manfaatli tomonlari:

Yosh bitiruvchilar uchun UNICEF tashkilotining amaliyot dasturi 6 haftadan 26 haftagacha davom etishi mumkin bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Oylik stipendiya;
  • UNICEF yoki hamkor tashkilot tomonidan to‘lanadigan yashash xarajatlariga qo‘shimcha to‘lov;.
  • Sayohat va viza xarajatlariga hissa sifatida bir martalik to‘lov.

Ariza topshirish:

Dastlab nomzodlar bu yerdan o‘zi uchun mavjud amaliyot sohalaridan birini tanlashlari kerak. Shundan so‘ng, tanlagan amaliyot dasturi uchun bu yerdan arizalarni yuborishlari mumkin.

Eslatma: Arizalarni qabul qilish sanalari turli sohalarda turlichadir. Buni tanlagan yo‘nalishingiz ma’lumotlaridan bilib olishingiz mumkin.

Batafsil rasmiy saytda