Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qo‘qonda yangi universitet tashkil etiladi

30.03.2021 23:01
Qo‘qonda yangi universitet tashkil etiladi

Prezidentning “Qo‘qon davlat texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali negizida Qo‘qon davlat texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Belgilab qo‘yilishicha, universitetda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni har yili belgilanadigan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari doirasi va to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida tahsil olayotgan talabalar 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab universitetda o‘qishni davom ettiradi.

Farg‘ona viloyati hokimligi 2021 yil iyun oyiga qadar universitet yangi kampusini qurish maqsadida Qo‘qon shahar hududidan 10 gektar yer ajratish choralarini ko‘radi.

Farg‘ona viloyati hokimligi universitet faoliyatini samarali tashkil etish uchun jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilarni xizmat uylari bilan ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar, Yangi Chorsu ko‘chasi, 219-uyda joylashgan binodagi 7ta xonadonni universitet balansiga o‘tkazish choralarini ko‘radi.