Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Uyqudan oldin kitob o‘qishning foydalari: Natijalar hayratlanarli!

1.12.2021 11:57
Uyqudan oldin kitob o‘qishning foydalari:  Natijalar hayratlanarli!

Tunda yaxshi bir kitob o‘qish – uyqusizlik sababli ovqatlanish va ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni bekorga sarflashdan foydaliroqdir. Shuningdek, tunda kitob o‘qish uyqusizlik bilan kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Eski hazillardan birida “agar uxlayolmasangiz Tolstoyni o‘qing”, deyilgan. Ammo hazilda ham foydali maslahat yashiringan: kitob o‘qish rostdan ham uxlashingizga yordam beradi. Shunday qilib, olimlar tunda o‘qishning bir qancha foydalarini aniqlashdi. Agar har kuni uyqudan oldin kitob o‘qishni odat qilsangiz, organizmingizda nimalar sodir bo‘ladi? Quyida shu haqida so‘z boradi.

1. Yaxshiroq uxlaysiz

Kitob o‘qish miyangizni yangi, uyqu chaqiradigan darajaga ko‘tara oladi. Bilasizmi nega bolalar uxlashdan oldin ertak eshitishni yaxshi ko‘rishadi? Chunki bu yaxshi uxlashga yordam beradi. “Xayoliy olam”ga sayr qilish chuqur aqliy bosimdan qutulib, biroz dam olishga olib keladi. Bu haqiqatdan xotirjamlikka erishish va tushlar olamiga sho‘ng‘ishda ko‘maklashadi. Kitob o‘qish xotirjam va sog‘lom uyquni ta’minlaydi, ammo bu elektron kitob bo‘lishi kerak emas. Gap shundaki, gadjetlarning ekran yorug‘ligi, asab tizimini qo‘zg‘atadi va sizni xayolot olamidan chalg‘itadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish yoki elektron kitoblar o‘qishdan ko‘ra, sevimli kitobingizning bir qancha bo‘limini o‘qib chiqing.

2. Stressdan qutulasiz

Mutolaa stressni kamaytirishi ilmiy isbotlangan bo‘lib, bu moychechakli choy, meditatsiya va tungi sayrdan ko‘ra anchagina samaraliroqdir. Hatto atigi 6 daqiqalik mutolaa stressni sezilarli darajada kamaytiradi.
Ushbu sohadagi tajribalarning ko‘ngilli qatnashuvchilarida yurakni tez urdirish va boshqa bir nechta testlar orqali stress darajasi oshiriladi. Keyin esa ular turli xil dam olish va xotirjamlashish usullaridan foydalanib ko‘rishadi. Shunday qilib, ushbu tajriba orqali kitob o‘qish stressdan qutulishning eng samarali usuli ekanligi aniqlandi. Neyropsixolog Devid Lyuisning so‘zlariga ko‘ra, matolaa stress darajasini 68 foizga kamaytirgan. Shuningdek, agar stress sababli uyqusizlikdan qiynalayotgan bo‘lsangiz, kitob mutolaasi oson uxlash va charchoqdan qutulishingizga yordam beradi.

3. Miya faoliyatini yaxshilab, diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi

Ijtimoiy tarmoqlar miyaning diqqatni bir joyga jamlash qobiliyatini kamaytiradi. “Lenta”ni tomosha qilgan holda, aynan bir narsaga diqqatimizni jamlay olmaymiz. Ammo kitob o‘qish hech qanday vizual materiallarsiz, axborotni miyada qayta ishlashga yordam beradi. Hech qanday rasmlarsiz matn voqealarni ongingizda tasavvur qilib, jonli suratlar yaratasiz. Bu usul bilan miyangizga e’tiborni bir joyga jamlashida ko‘maklashasiz. Diqqatni jamlashni mashq qildirib turmasangiz, uni butkul yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin.

4. Sizni sezgir qiladi

Uyqudan oldingi mutolaa odamlar bilan aloqangizni yaxshilaydi. Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, badiiy adabiyotni ko‘proq o‘qish, sizni sezgir insonga aylantiradi. Gap shundaki, badiiy asar o‘qiyotganingizda miyangiz ong ostida xayoliy “haqiqat”ni yaratadi. Shunda miya uni asl haqiqatdan ajrata olmaydi. Shu sababli siz asar qahramoniga aylanasiz va u his qilgan narsalarni his qilishni boshlaysiz. Bu empatiyani rivojlantiradi va olamni boshqa insonning dunyo qarashi yordamida ko‘rishga undaydi. Badiiy adabiyotni o‘qish, boshqa insonlar nimani his qilayotganini anglashning eng ajoyib usulidir.

5. Kreativroq bo‘lasiz

Ilon Mask va Bill Geys kabi insonlar uyqudan oldin ilmiy asarlar va marketingga oid kitoblar o‘qiydi, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, albatta. Ko‘pgina muvaffaqiyatli insonlar uyqudan avval fantastik asarlar o‘qishadi. Nega? Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, fantastik asarlar bizni kreativroq bo‘lishga undaydi. Bu xuddi har safar har xil olamni ko‘rishday gap. Vaziyatga turli tarafdan qarash va har tomonlama yondashish, boshqalarning tuyg‘ularini tushunish va muammolar yechimiga kreativ yechim topishni o‘rganasiz.