Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali kirish ballari 2022

Urganch filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 14-iyundagi 130-son "Oliy ta’lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 21-iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005-yil 23-iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filial tarkibida bitta "Kompyuter injiniringi" fakulteti faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetda "Axborot texnologiyalari", "Axborot ta’lim texnologiyalari", "Tabiiy va umumkasbiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar", "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedralari mavjud bo`lib, ularda 56 nafardan ziyod professor-o`qituvchilar talabalarga ta'lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

60610300

25
10
15
130
87.2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

60611300

50
15
35
109.3
77.9

Dasturiy injiniring

60610600

50
15
35
128.6
85.2

Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari")

60610503

60
10
50
132.8
86.1

Pochta aloqa texnologiyasi

60611400

35
10
25
73.4
61.7

Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, "Teleradioeshittirish", "Mobil tizimlar")

60611002

50
15
35
102.7
68.3