Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Avstriya: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 50% lik grant dasturi

20.06.2021 06:08
Avstriya: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 50% lik grant dasturi

Muddati:

30.06.2021

Davlat:

Avstriya

Rasmiy havola:

www.mci4me.at

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida:

MCI Management Center Innsbruck oliygohi xususiy biznes maktabi bo‘lib, milliy universitetlar orasida 26-o‘rinni egallagan va sanoat jurnallari reytingida yuqori natijalarga erishgan. U g‘ayratli talabalarni o‘z yo‘nalishida mukammal bilimga ega bo‘lishni maqsa qilib, katta ilmiy mahoratga ega va kuchli global tarmoqda noyob kadrlarni tayyorlaydi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur Yevropa Ittifoqi davlatlaridan boshqa barcha davlatdan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Ariza topshirish jarayoni:

  • Talabalar universitetning bakalavriatura dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant taqdim etiluvchi talabalar ularning avvalgi dasturda qo‘lga kiritgan baholari va erishgan yutuqlari asosida universitet tomonidan aniqlab olinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Maktab, kollej yoki litsey diplomi;
  2. Pasport nusxasi;
  3. Rezyume;
  4. Pasport hajmida rasm;
  5. Motivatsion xat.

Til talabalari:

Nomzodlar ingliz tilida ravon gaplashish va yoza olish qobilayati bo‘lishi kerak.

Dasturning manfaatli tomonlari:

MCI Management Center Innsbruck oliygohi tomonidan munosib talabalarning universitetda o‘qishlari uchun o‘quv dasturi to‘lovining 50% miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Batafsil bu yerda