Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

FURIOUS FICTION: Ingliz tilida yozilgan hikoyalaringiz bilan har oy taxminan 400 AQSH dollari yutib olish imkoniyati

22.05.2021 09:07
FURIOUS FICTION: Ingliz tilida yozilgan hikoyalaringiz bilan har oy taxminan 400 AQSH dollari yutib olish imkoniyati

Muddati:

04.05.2021

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.writerscentre.com.au

Grant turi:

Tanlovlar

Tanlovda qatnashish shartlari:

Furious Fiction hikoyalar tanloviga qatnashish shartlari - juda ham oddiy. Dunyoning istalgan nuqtasidan 17 yoshdan yuqori bo‘lgan ishtirokchilar qatnashishlari mumkin. Har oyning birinchi juma kunida yangi hikoyalar uchun mavzular e’lon qilinadi. Nomzodlar esa g‘olib bo‘lish uchun ingliz tilida yozilgan eng yaxshi 500 so‘zli (yoki undan kam) bir dona hikoyani mavzular e’lon qilingandan boshlab 55 soat vaqt ichida yuborishlari kerak.

Sovrin qiymati:

G‘olib bo‘lgan hikoya muallifi 500 Avstraliya dollari (taxminan 400 AQSH dollar) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Eslatma:

Navbatdagi sovrin uchun hikoyalar mavzulari 2021-yil 4-iyun Avstraliya vaqti bilan 17:00 da e’lon qilinadi.

Navbatdagi tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish:

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish - bepul. Tanlovning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun ushbu saytga tashrif buyuring va uni o‘tkazib yubormaslik uchun to‘liq ismingiz, yashash davlatingiz va email manzilingiz bilan bu yerdan ro‘yxatdan o‘ting va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz. Mavzular e’lon qilingach, bu haqida avtomatik email qabul qilasiz. Eng muhimi plagiatga aslo yo‘l qo‘ymang. Shu kabi hikoyalar uchun qo‘yildigan umumiy talablar bilan bu yerda tanishing.

Barcha qatnashchilarga Oliygoh.uz jamoasi omad tilab qoladi!

Batafsil rasmiy saytda