Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Hokim stipendiyasi” joriy etildi

22.06.2021 19:40
“Hokim stipendiyasi” joriy etildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida “Hokim stipendiyasi” uchun bir yil davomida sarflanadigan 63 mln. 950 ming soʻm mablagʻini ajratish masalasi kun tartibiga qoʻyilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Unga koʻra, Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktablari professional va oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli hamda ijodkor yoshlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, munosib taqdirlash maqsadida “Hokim stipendiyasi”ning Nizomi ishlab chiqildi.

Tanlov bir yilda bir marotaba oʻtkazilib, gʻoliblar 3 toifada (umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari) yoshlari orasidan 3 ta oʻrinda aniqlanadi. Xususan, 1-oʻrin uchun eng kam oylik ish haqining 3 barobari, 2-oʻrin uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari, 3-oʻrin uchun eng kam oylik ish haqining 1 barobari miqdoridagi stipendiya 1 yil davomida toʻlab beriladi.