Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Respublika "Ingliz tili fan olimpiadasi"da ishtirok eting. G‘oliblar maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar va QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi.

2.07.2021 11:18
Respublika

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi jamoasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Respublika Yosh olimlar Kengashi shuningdek “REGISTON” o‘quv markazi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida 3 bosqichli Ingliz tili fanidan Olimpiada tashkil etilmoqda!

Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda maxsus mukofotlarga ega bo‘ling.

G‘oliblar maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi, shuningdek olimpiadada ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikatlar beriladi.

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

Olimpiadada ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar mustaqil ravishda OLIYGOH.UZ platformasi tizimidan ro‘yxatdan o‘tadilar va olimpiada sinov shartlari bilan oldindan tanishadilar. Olimpiada ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Olimpiadada ro‘yxatdan o‘tish jarayonida har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus kod jo‘natiladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining “Shaxsiy kabineti” faollashtiriladi.

Olimpiada bosqichlari va savollari

Olimpiada 3 bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich (Onlayn shaklda) Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida Ingliz tili grammatikasi, so‘z boyligi (lug‘at) va “Reading” ko‘nikmasidan sinovdan o‘tkaziladi:

Imtihon turi: Ingliz tili grammatikasi, so‘z boyligi (Vocabulary) va “Reading” ko‘nikmasiga doir 40 ta test savoli (Elementary-intermediate levels)

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Olimpiadaning 1-bosqichi 11-iyul kuni soat 20:00 da boshlanadi va 21:00 da hamma uchun yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar olimpiadada ishtirok etishlari talab etiladi. 1-bosqichdan muvofaqqiyatli o‘tgan nomzodlar 2-bosqichga o‘tadilar.*

Ajratilgan vaqt: 40 daqiqa

Birinchi bosqich bo‘lib o‘tadigan manzil: OLIYGOH.UZ platformasi

* Ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 1000 nafar (ming nafar) ishtirokchi o‘tadi

Ikkinchi bosqich (Onlayn shaklda) Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida Umumiy grammatika, “Reading” va “Listening” ko‘nikmasidan sinovdan o‘tkaziladi:

Imtihon turi: Umumiy grammatika, “Reading” va “Listening” ko‘nikmasiga doir 40 ta test savoli (Intermediate-advanced levels)

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Olimpiadaning 2-bosqichi 18-iyul kuni soat 20:00 da boshlanadi va 21:30 da hamma uchun yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar olimpiadada ishtirok etishlari talab etiladi. 2-bosqichdan muvofaqqiyatli o‘tgan nomzodlar 3-bosqichga o‘tadilar.**

Ajratilgan vaqt: 60 daqiqa

Ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadigan manzil: OLIYGOH.UZ platformasi

** Uchinchi bosqichga 2-bosqichdan saralangan 100 nafar (yuz nafar) ishtirokchi o‘tadi.

Uchinchi bosqich (Oflayn shaklda) Olimpiadada ishtirok etuvchi nomzodlar“REGISTON” o‘quv markazining maxsus imtihonlar bo‘lib o‘tadigan auditoriyasida “Speaking” va “Writing” ko‘nikmasi dan sinovdan o‘tkaziladi:

Imtihon turi: “Speaking” va “Writing” ko‘nikmasini baholash, Motivatsion insho (essay) yozish

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Olimpiadaning 3-bosqichi 25-iyul kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida “REGISTON” o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi.

Ajratilgan vaqt: 1 soat 20 daqiqa

Bo‘lib o‘tadigan manzil: “REGISTON” o‘quv markazi

Uchinchi saralash bosqichi“REGISTON” o‘quv markazining maxsus imtihonlar bo‘lib o‘tadigan auditoriyasida bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada ishtirokchilari

Umumta’lim maktablar, akademik litsey, professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ushbu olimpiadada ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish

Olimpiadada qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga 1, 2, 3-darajali maxsus QR-kodli diplomlar bilan bilan bir qatorda quyidagicha rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin sohibiga: Noutbook kompyuter va qiymati 200 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

2-o‘rin sohibiga: Samsung A21 mobil telafoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

3-orin sohibiga: Xiaomi 9 A mobil telefoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar

Olimpiada g‘oliblariga maxsus mukofotlar va diplomlar “Registon” o‘quv markazida tantanali ravishda topshiriladi.

Shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar ularning OLIYGOH.UZ platformasidagi “Shaxsiy kabineti” orqali onlayn topshiriladi.

OLIYGOH.UZ jamoasi va “REGISTON” o‘quv markazi olimpiadaning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

OLIMPIADAGA RO‘YXATDAN O‘TISH

Ma’lumot uchun: Olimpiada yangiliklarini OLIYGOH.UZ rasmiy telegram kanali yoki “REGISTON” o‘quv markazining telegram kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

“REGISTON” o‘quv markazining manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani.

Olimpiada bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozing.