Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul 30 foizga oshiriladi

16.06.2021 09:21
Psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul 30 foizga oshiriladi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.

Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:

  • oliy ta’lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o‘qitiladi;
  • respublika oliy ta’lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3- va 4-kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • psixologiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi;
  • kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – OTM) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazadi va 1—3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.