Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

13-may 19:03
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

✅ Oʻz xohishiga binoan;

✅ Oʻqishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

✅ Salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

✅ Oʻquv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

✅ Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

✅ Oʻqish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);

✅ Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

✅ Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

✅ Vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.