Talabalarga akademik ta’til berish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

05-iyun 05:36
Talabalarga akademik ta’til berish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

  • harbiy xizmatni o‘tash uchun;
  • salomatligini tiklash uchun;
  • homiladorlik va tug‘ish uchun;
  • bolalarni parvarish qilish uchun;
  • oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari o‘zlashtirilgan fanlarni qayta o‘zlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.