Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Magistratura imtihoniga IQ darajasini aniqlash uchun testlar ham qo‘shiladi – vazirlik

02-avgust 14:59
1977
Magistratura imtihoniga IQ darajasini aniqlash uchun testlar ham qo‘shiladi – vazirlik

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi va koronavirus tarqalishi avj olgani sababli oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish ham kechikyapti. Bu hol magistratura bosqichiga kirish imtihonlarini ham chetlab o‘tmayapti.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot kotibi Farhod Babashev magistratura imtihonlarini o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berdi. Ammo u imtihon muddatlari haqida aniq gap ayta olmadi.

“Kirish imtihonlari mutaxassislik fani va xorijiy tildan — test ko‘rinishida bo‘ladi. Mutaxassislik fani imtihonida bakalavriatda o‘rganilgan mutaxassislik fanidan tashqari ilmiy-pedagogik layoqatni va IQ darajasini aniqlashga qaratilgan testlar ham kiritiladi. Kirishi imtihonlarini 3 avgustdan boshlash rejalashtirilgan edi. Barchangizga ma’lum, pandemiya rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Shu boisdan magistraturaga qabul imtihonlari vaqti ham Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi”, dedi Babashev.