OTMda o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin
09-dekabr 03:09

Endi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtorizatsiyadan o‘tish va xizmatdan foydalanish bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldirish kerak.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ma’lumotnoma 5 ish kuni davomida shakllantiriladi va elektron ko‘rinishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetga yuboriladi.
Xizmat bepul.
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni 129 taga yetdi
09-dekabr 06:42
Talabalarga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi
26-dekabr 16:48