Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Nima sababdan xorijdagi magistratura o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish mumkin emas?

29-iyul 15:36
307
Nima sababdan xorijdagi magistratura o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish mumkin emas?

Nima sababdan xorijda davom etayotgan magistratura bosqichida o‘qishni yurtimizga ko‘chirish mumkin emas?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev AOKA huzuridagi shtabda bo‘lgan brifingda bu savolga javob berdi.

- Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi.

Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.