Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Tasviriy sanʼat bo‘yicha Respublika tanlovi g‘oliblariga qanday imtiyozlar belgilangan?

19.01.2021 23:11
Tasviriy sanʼat bo‘yicha Respublika tanlovi g‘oliblariga qanday imtiyozlar belgilangan?

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining 2017-yil 3-maydagi 10-Q/Q va 34/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq tasviriy sanʼat bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovlar bolalar musiqa va san’at maktablari va ixtisoslashtirilgan musiqa-badiiy maktab-internatlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari) o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil 20-iyuldagi 393-sonli Qaroriga muvofiq, Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari Badiiy akademiyaning taqdimnomasiga asosan Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalariga, mos taʼlim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlariasosida qabul qilinadilar.