Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Isʼhoqxon Ibrat maktab-internati bitiruvchilariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar belgilangan?

19.01.2021 23:19
Isʼhoqxon Ibrat maktab-internati bitiruvchilariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar belgilangan?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 698-sonli Qaroriga muvofiq, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o‘qish davrini aʼlo baholarga o‘qigan bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining tavsiyasiga asosan, Davlat komissiyasi qarori bilan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni o‘qitish taʼlim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilinadilar.