Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Fransiya: Bakalavr bosqichi o‘quv dasturlari to‘lovini 75% gacha qoplaydigan grant dasturi

19-aprel 03:15
Fransiya: Bakalavr bosqichi o‘quv dasturlari to‘lovini 75% gacha qoplaydigan grant dasturi

Davlat:

Fransiya

Rasmiy havola:

www.aup.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va dastur haqida qisqacha:

American University of Paris oliygohi - bu o‘z o‘quvchilarini ko‘plab dunyo tillarida samarali muloqot qilish va tanqidiy fikrlovchi bo‘lib yetishtirish vazifasini asosiy maqsad qilib olgan xususiy ta’lim instituti va Yevropadagi eng qadimgi Amerika oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Ayni vaqtda universitet tomonidan taqdim etilayotgan AUP Scholar International Awards nomli xalqaro grant dasturi keng dunyoqarashli a’lochi talabalarni moliyaviy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

See the source image

Grant tafsilotlari:

  • Universitet yoki tashkilot: American University of Paris;
  • Kurs darajasi: Bakalavriatura;
  • Grant miqdori: Bakalavr dasturi o‘quv to‘lovlarining 75% qismi;
  • Ariza berish tartibi: Onlayn
  • Grant turi: Xalqaro

Zaruriy hujjatlar:

  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement) va qo‘shimcha insho;
  • Qo‘shimcha mashg‘ulotlar va ish tajribasi haqida ma’lumotlar;
  • Ikkita tavsiyanoma xati;
  • So‘nggi uch yillik ta’lim baholaridan olingan rasmiy ko‘chirma;
  • SAT/ ACT sertifikati (ixtiyoriy).

Til sertifikatlari:

Nomzodlar quyidagi til sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishlari talab qilinadi:

  • TOEFL – Internet-Based Test (ibT): kamida 88. Natijalarni onlayn shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natish uchun univeristet kodi - 0866;
  • Cambridge English – First, Advanced, or Proficiency daraja: kamida 176;
  • TOEIC – Listening and Reading: 810. Natijalarni onlayn shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natish uchun univeristet kodi - 0866;
  • IELTS – Academic: kamida 6.5.

Ariza berish tartibi:

Nomzodlar dastlab universitet rasmiy portalidan ro‘yxatdan o;tgan holda bu yerdan o‘zlari tanlagan bakalavr dasturi uchun onlayn ariza berishlari kerak. Grant uchun hujjatlari ko‘rib chiqilishini istagan arizachilar "Moliyaviy mukofotga qiziqish bildirasizmi yoki yo‘qmi?" degan qo‘shimcha savolga "ha" javobini tanlashlari kerak. So‘ngra ariza beruvchilar ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy ID orqali xat olishadi.

Eslatma: Nomzodlardan grant uchun ham o‘qishga qabul arizasi bilan bir xil elektron pochta manzilidan foydalanish talab qilinadi. Nomzodlar qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan holda arizani to‘ldirishlari kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda