Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy qiymati 9000 AQSH dollarlik grant dasturi

20-aprel 02:47
AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy  qiymati 9000 AQSH dollarlik grant dasturi

Davlat:

AQSH

Rasmiy havola:

ww1.oswego.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

State University of New York at Oswego (SUNY Oswego yoki Oswego State) - Oswego va Nyu-Yorkda o‘z kampuslariga ega mahalliy universitet hisoblanadi. Uning ikkita kampusi bor: Oswego shahridagi ko‘l bo‘yidagi tarixiy kampus va Sirakuzadagi (Nyu-York) Metro Center.

See the source image

Ayni vaqtda universitet xalqaro talabalarni 2021-2022 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan Destination Oswego Scholarships for International Students xalqaro ariza topshirishga taklif qilmoqda. SUNY Oswego universitetining bakalavriatura dasturlari talabalari uchun taqdim etiladigan ushbu grant dasturiga barcha xalqaro talabalar hujjat topshirishlari mumkin.

Grant tafsilotlari:

  • Universitet yoki tashkilot: State University of New York at Oswego;
  • Kurs darajasi: Bakalavriatura;
  • Grant miqdori: yiliga 6000-9000 AQSh dollari (4 yil davomida yangilangan holatda taqdim etib boriladi);
  • Ariza berish tartibi: Onlayn
  • Grant turi: Xalqaro

Kimlar ariza bera oladi?

  • Ariza bera oladigan mamlakatlar: Barcha mamlakatlar talabalari ushbu grant uchun ariza bera oladilar;
  • Daraja va o‘quv kurslari: SUNY Oswego universiteti tomonidan taqdim etilgan barcha bakalavr kurslari;
  • Qabul qilish mezonlari: Grant dasturiga qabul qilinish uchun arizachilar avvalo universitetning bakalavr dastrularidan biriga qabul qilinishlari kerak;
  • Nomzodlar xalqaro talabalar bo‘lishlari kerak.

Ariza berish tartibi:

Dastlab nomzodlar SUNY Oswego tomonidan tanlangan istalgan bakalavr kursiga umumiy ariza topshirish bo‘limidan (bu yer orqali) yoki SUNY ilovasi (bu yer orqali) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Buning uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Nomzodlar maktab va kollej yoki avval bakalavr dasturida o‘qigan bo‘lsalar bakalavr darajasi diplomlari va ilovalarini taqdim etishlari kerak;
  • Nomzodlar 5.0 ballik GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lishlari kerak;
  • Nomzodlardan quyidagi til darajadagi til sertifikatlari talab qilinadi:
    • TOEFL- kamida 71,
    • IELTS-da 6.0,
    • PTE-da 55 .

Batafsil ma’lumot bu yerda