Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali kirish ballari 2023

Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4166-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etilgan hamda oʻz faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Filialning asosiy vazifalari:

Yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;

Nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini ta’lim berishning modul tizimi asosida tashkil etish;

Ta’lim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini yaratish;

Ta’lim oluvchilarning aholi va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini uslubiy va konsultativ ta’minlash;

Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi muassasalar bilan o‘zaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish.

Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi — yuridik shaxs maqomiga ega oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Filial direktori O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosarlari esa — Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.

Filialda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” soha mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;

Filialda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” mutaxassisligi bo‘yicha oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarni qayta tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida maxsus olti oylik dastur bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi;

Filialda o‘qitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha esa — har olti oyda 50 kishini tashkil etadi.

Filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni o‘tmasdan, “leytenant” maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

Bakalavriat dasturi bo‘yicha Filialga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi.

Filialga qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘qishga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qo‘mondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan amaldagi xodimlar va harbiy xizmatchilar belgilangan tartibda egallab turgan lavozimi va pul ta’minoti saqlab qolingan holda qabul qilinadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga o‘rnatilgan qabul kvotalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan belgilanadigan alohida kvotalar bo‘yicha Filialga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini taqdim etadigan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining tavsiyalari berilishi mumkin.

Filialda o‘qishni tamomlagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar.

Filial sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar mutaxassislari va boshqa mutaxassislarni o‘rindoshlik tartibida yoki mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqiga ega.

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida 6 ta kafedra mavjud.

Bundan tashqari Ixtisoslashtirilgan filialida bir qancha boʻlimlar bor. Jumladan, buxgalteriya boʻlimi, moliya-iqtisod boʻlimi, oʻquv uslubiy boʻlimi, raqamli taʼlim texnologiyalar markazi, kadrlar boʻlimi, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, kanselyariya va arxiv boʻlimi, ekspluatatsiya va xoʻjalik boʻlimi, ikkinchi boʻlim va direktoratdan iborat.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari